«OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI» FAKULTETI
«OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI» KAFEDRASINING
NAVBATDAN TASHQARI 12-sonli MAJLIS BAYONI
Toshkent sh. “____”___________2021y.
QATNASHDILAR: OOMT fakultet kafedra mudiri dots. Ro‘ziboev A.T., dotsentlar: G.Z Djaxangirova, N.K. Ayxodjaeva, A.M. Normatov katta o‘qituvchi F,Sarbolayev, tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchi va laborantlar.
KUN TARTIBI
Turli masalalar: : Mutaxassislik 5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (Don mahsulotlari texnologiyasi bakalavriat yo‘nalishi uchun) “Don va don mahsulotlari ekspertizasi” fanidan 30-18 gurux talabalari uchun ochiq dars tahlili to‘g‘risida
ESHITILDI: Dars talabalarning davomati nazoratidan boshlandi va avval o‘tilgan mavzu bo‘yicha savol-avob olib borildi. Ma’ruzani M14-20 gurux magistri kalendar reja bo‘yicha belgilangan “UN ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK JARAYONINI NAZORAT QILISH” mavzusini prezintatsiya ko‘rinishida o‘tdi. Hamda talabalarga tarqatma materiallar tarqatildi.
ESHITILDI: Dars talabalarning davomati nazoratidan boshlandi va avval o‘tilgan mavzu bo‘yicha savol-avob olib borildi. Ma’ruzani M14-20 gurux magistri kalendar reja bo‘yicha belgilangan “UN ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK JARAYONINI NAZORAT QILISH” mavzusini prezintatsiya ko‘rinishida o‘tdi. Hamda talabalarga tarqatma materiallar tarqatildi.
Ma’ruza rejada belgilangan mavzularni bevosita to‘plangan materiallar kompyuter vositasida tinglovchilarga namoyish qilindi. Ma’lumki, Yuqori sifatli un olish uchun doimiy ravishda texnologik jarayonni takomillashtirish, hamda xom ashyoni texnologik va ozuqaviy qiymatini e’tiborga olish, ilmiy nuqtai nazardan asoslangan donni un olishga tayyorlash yo‘li va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish orqali erishish mumkin. Ma’ruza davomida talabalar tomonidan savollarga javob asosida korxonalardagi laboratoriyalarining bugungi kundagi xolati, aniqlashning zamonaviy usullari haqida batafsil tushuntirib berildi. Dars qiziqarli bo‘lib savol javob asosida o‘tdi.
MUHOKAMA: Ma’ruza so‘ngida taklif etilganlardan dotsent N.K. Ayxodjaeva. katta o‘qituvchi F,Sarbolayev o‘tkazilgan ochiq ma’ruza yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar. Jumladan dars o‘tishda zamonaviy pedogogik texnologiyalarni interfaol usullari: “Aqliy xujum” usul qo‘llanildi. Va kompyuterdan foydalanish, bor materialni kompyuterga to‘plab, ularni tarqatma material sifatida talabalarga tarqatilaganligi. Darsda multimediani joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘lishi haqida fikr bildirdilar hamda yanada ko‘proq o‘z ustimizda ishlashimizni va malaka shakllanishini ta’kidladilar.
Kafedra mudiri Ro‘ziboev A.T.
Kotiba Ashurmatova G.I.
Do'stlaringiz bilan baham: |