Toshkent kimyo-texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti


Paxta  yog‘i  soapstogid  n  xom  yog‘  kislotalari  olishning  texnologik



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/164
Sana08.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#168286
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   164
Bog'liq
yoglarni qayta ishlash texnologiyasi

Paxta  yog‘i  soapstogid  n  xom  yog‘  kislotalari  olishning  texnologik 
sxemasi (41-rasm). Soapstok (1) sig‘imga, undan (2) nasos bilan (3) sovun pishirish  
qozoniga keladi.  Ochiq bug‘  bilan  qaynaguncha isitilgan  soapstok  30-40% li  NaOH 
eritmasi bilan sovunlanadi. Ishqor eritmasi sig‘im (9)dan keladi. Sovunlanish 4-5 soat 
davomida  aralashtirilgan  holda  sovunli  yelimda  ortiqcha  ishqor  miqdori  0,4-0,5% 
hosil  bo‘lguncha  davom  etadi.  So‘ngra  bug‘  berish  to‘xtatilib  4-5  soat  davomida 
tindiriladi.  Sharnir  truba  yordamida  (7)  sovunli  yadro  sig‘imga  tushiriladi  va  (8) 
nasos bilan parchalash uchun (4) changa yuboriladi. 
Qozonda qolgan sovunli yelim soapstok bilan neytrallanadi va quruq tuz bilan 
tuzlanadi,  4  soat  tindiriladi.  Tindirilgan  sovun  osti  ishqori  (15)yog‘  tutgichga  
tushiriladi.  Sovun  osti  ishqorida  qoldiq  yog‘  2  %,  ishqor  0,5  %,  Na
2
SO

0,8  %  dan 
oshmasligi  kerak.  Sovun  osti  ishqori  bilan  birga  yog‘siz  moddalar  va  bo‘yovchi 
pigmentlar ham chiqib ketadi (45 % atrofida). 
Tuzlangan  yadroga  yangi  soapstok  kelib  tushadi,  kaustik  soda  bilan 
sovunlanadi  va  ortiqcha  ishqor  ikki  fazaga  bo‘linadi.  4-5  soat  tindirilgandan  so‘ng 
yadro sulfat kislota bilan parchalanish uchun yuboriladi. 
Sovun  sulfat  kislota  bilan  80-92%  konsentratsiyada  90
0
S  da  aralashtiriladi. 
Sulfat  kislota  (10)  o‘lchagichdan  ingichka  oqim  bilan  kelib  tushadi.  Ko‘p  miqdorda 
sulfat kislota berilsa qozondan ko‘pirib chiqib ketadi. Kerak bo‘lsa, sovunga 22-30 % 
gacha  kondensat  qo‘shiladi.  Kondensat  (11)  o‘lchagichdan  keladi.  Bug‘  bilan 
aralashtirilgan holda parchalanadi. Sulfat kislota qo‘shilgandan so‘ng 1 soat  


 
128 
aralashtiriladi va nordon suvda 1% erkin sulfat kislota bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng 
1soat  tindiriladi  va  nordon  suv  (12)  yog‘  tutgichga  tushiriladi,  u  yerdan  tozalash 
uchun  yuboriladi.  Yog‘  kislotalari  (4)  chandan  (13)  nasos  bilan  yuvish  uchun  (14) 
apparatga  yuboriladi.  U  yerga  (11)  o‘lchagichdan  yog‘  kislotasi  og‘irligiga  nisbatan 
50-100%  miqdorda  80-85
0
C  da  kondensat  beriladi.  Yuvish,  neytral  reaksiyagacha 
olib  boriladi.  Yuvilgan suvda sovun va  Na
2
SO
4
 tuzlari bo‘lmasligi kerak. 1,5-2 soat 
tindirilgandan  so‘ng  yuvilgan  suv  (15)    yog‘  tutgichga  tushiriladi.  Yuvilgan  yog‘ 
kislotalar (5) sig‘imga keladi va (6) nasos bilan distillyasiyaga yuboriladi. 
Xom yog‘ kislotalar quyidagi talablarga javob berishi kerak. 
qotish harorati, 28
0
C dan kam emas; 
sovunlanmaydigan moddalar miqdori, 4%, ortiq emas; 
namlik miqdori, 2,5% ortiq emas.                                                         
 
 
41 – rasm. Paxta yog‘i soapstogidan xom yog‘ kislotalari  
olishning texnologik sxemasi 
 
Olingan  mahsulot  sifatini  yaxshilash  va  halq  xo‘jaligining  turli  tarmoqlari 
ehtiyojini qondirish uchun xom yog‘ kislotalari distillyasiya qilinadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
129 
Takrorlash uchun savollar 
1.  Yog‘ kislotalar ishlab chiqarishni ahamiyati 
2.  Soapstokni qayta ishlash 
3.  Soapstokdan xom yog‘ kislotalar olish texnologiyasini ximizmi 
4.  Xom yog‘ kislotalariga qo‘yiladigan talablar 
5. Yog‘ kislotalarining ishlatilishi. 
6. Soapstokni qayta ishlash usullari 
7. Paxta yog‘idan olingan soapstokdan xom yog‘ kislotasini olish texnologik sxemasi. 
8. Soapstok tarkibida yog‘ miqdori. 
9. Yog‘ kislotalar olishda ishlatiladigan xomashyolar 
10. Xom yog‘ kislotalari olish texnologik parametrlari. 
  
Tayanch so‘z va iboralar
1.  Yog‘ kislotasi 
2.  Sovunlanish 
3.  Soapstok 
4.  Soapstokni qayta ishlash 
5.  Sulfat kislota 
6.  Sovunni parchalanishi  
7.  Kalsiy sodasi 
8.  Suv 
9.  Pigmentlar 
10. Neytral yog‘ 
11.  Xom yog‘ kislotasi


 
130 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish