Glitserinli suvni tozalash usullari. Yog‘larni reaktivsiz gidrolizidan olingan
glitserinli suv murakkab geterogen sistema bo‘lib, tarkibida har xil tabiatli
aralashmalar, chin va kolloid eritmalar holida, hamda emulsiya ko‘rinishda bo‘ladi.
Shu sababli bunday suvdan aralashmalarni ajratish bir qator asosiy texnologik
jarayonlarni talab etadi: kolloid sistema barqarorligini buzish; lipidlarni glitserinli suv
bilan hosil qilgan emulsiyani parchalash; lipidlarni, suvda eriydigan ionogen va
noionogen birikmalarini yo‘qotish. Bu barcha jarayonlarni amalga oshirish uchun
glitserinli suvni tozalashni bir necha usuli mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |