Avtoklav (37-rasm) ichiga sirkulyasiya trubasi (1) o‘rnatilgan bo‘lib, silindrik
qism, sferik taglik va qopqoqdan iborat. Truba (1) ichiga purkagich (4) orqali bosimi
2,5 MPa gacha bo‘lgan ochiq bug‘ beriladi. Yog‘ va suv avtoklav tubigacha
tushirilgan truba (2) dan beriladi. Bu truba apparat tubigacha tushirilgani uchun
birinchi bosqich gidrolizdan so‘ng glitserinli suvni chiqib ketishini ta’minlaydi.
Truba (3) esa ikkinchi bosqich gidrolizdan so‘ng yog‘ kislotalari chiqib ketishi uchun
xizmat qiladi.
Sferik yuzada truba (2 va 3) lar shtutserlari mavjud, bundan tashqari bug‘
chiqishi yoki avtoklavdagi kislotani chiqishi uchun kerakli bosimni ta’minlaydigan
bug‘ning kirishi uchun shtutser hamda nazorat o‘lchov asboblari uchun shtutserlar
o‘rnatilgan. Sanoatda sig‘imi 9,5 -20 m
3
bo‘lgan,kislotaga chidamli po‘latdan
yasalgan avtoklavlar keng qo‘llaniladi.