Missella hosil qilishni kritik konsentratsiyasi (MKK). Sovunli eritma
konsentratsiyasini o‘zgarishiga qarab, ikki turdagi mitsellani hosil bo‘lishi bu eritmani
xossalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Sovun eritmasining mitsella hosil bo‘lishi kuzatiladigan konsentratsiyasi MKK
deyiladi.
MKK – sovunning tabiatiga, haroratiga (eritmaning) va elektrolitni
mavjudligiga bog‘liq. Harorat ko‘tarilishi bilan eritmaning MKKsi ortadi. Sovun
eritmasiga spirt qo‘shilishi MKK ni oshiradi, bu sovunni spirtda yaxshi erishi bilan
bog‘liq. MKK – katta amaliy ahamiyatga ega. Yuvuvchi moddalar eritmasining
141
konsentratsiyasi MKK ga teng yoki undan yuqori bo‘ladi. Sovunli eritmalarni
konsentratsiyasi MKK dan past bo‘lganda, ular yuvish qobilyatiga ega emas.