Toshkent kimyo-texnologiya instituti oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi fakulteti



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/164
Sana08.09.2021
Hajmi2,98 Mb.
#168286
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   164
Bog'liq
yoglarni qayta ishlash texnologiyasi

Soapstokni qayta ishlash. Yog‘ tabiati va rafinatsiya usuliga ko‘ra soapstok 
tarkibida  30-60  %  yog‘  bo‘ladi.  Soapstokni  qayta  ishlashning  bir  necha  usullari 
mavjud.  Och  rangli  yog‘larni  rafinatsiyasidan  (kungaboqar)  olingan  soapstokni 
konsentrlangan sulfat kislota bilan quyidagicha ishlanadi:  
Soapstokka,  uning  og‘irligiga  nisbatan  5%  suv  qo‘shiladi.  Havo  ta’sirida 
aralashtirib turib, konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi, bunda jarayon oxirida suvli 
qatlamda  2-3  %  erkin  H
2
SO
4
  qolishi  kerak.  Bu  aralashma  1-1,5  soat,  85-95
0
C  da 
aralashtirib,  4-6  soat  tindiriladi.  Bunda  sovunni  parchalanishi  natijasida  eritma 
yuzasiga  erkin  yog‘  kislotalari  va  neytral  yog‘  aralashmalari  qalqib  chiqadi.  Uchta 
qatlam hosil bo‘ladi. Quyi, suvli qatlam, neytralizatsiyadan so‘ng yog‘ tutgich orqali 
kanalizatsiyaga  tushiriladi.  Oraliq  qatlam  (smolali  moddalar),  emulsiya  yig‘uvchi 
sig‘imga  yuboriladi.  Yuqori,  soapstok  yog‘li  qatlam,  natriy  sulfat  va  yog‘siz 
moddalardan  tozalash  uchun  yuviladi,  bu  moddalar  parchalanish  jarayoniga  va 
glitserin sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim vaqtda yog‘li qatlamni oldin karbonat 
sodasi bilan keyin esa suv bilan yuviladi. 
Hosil  bo‘lgan  yog‘  kislotalari  va  neytral  yog‘  aralashmasi  parchalanadi. 
Glitserin  miqdori  neytral  yog‘  og‘irligiga  nisbatan  7%  ni  tashkil  qiladi. 
Parchalangandan so‘ng yog‘ kislotalari distillyasiya qilinadi. Paxta yog‘idan olingan 
soapstok  boshqa  yog‘lardan  olingan  soapstokka    qaraganda  tarkibidagi    yog‘ 
miqdorini  ko‘pligi,  yuqori  qovushqoqligi  va  bo‘yovchi  moddalar  ko‘pligidan,  qora 
rangda  bo‘lishi  bilan  farq  qiladi.  Pigmentlarning  turli  xilligi  va  murakkab  kimyoviy 
tabiati soapstokni qayta ishlanishini qiyinlashtiradi. 
Soapstok  tarkibida  neytral  yog‘  bor,  bu  yog‘,  yog‘  kislotasi  bilan  birga 
distillyasiya vaqtida yaxshi haydalmaydi. Soapstok sulfat kislota
 
bilan parchalashdan  
 
 


 
127 
oldin kaustik soda bilan sovunlanadi, ya’ni hamma soapstokdagi neytral yog‘ sovun 
holiga o‘tkaziladi. 
 
CH
2
OCOR                                  CH
2
OH 

 
 
 
 
   | 
CHOCOR      + 3NaOH    
  CHOH          +      3RCOONa 

 
 
 
 
   | 
CH
2
OCOR                                  CH
2
OH 
 
Shundan so‘ng, hosil bo‘lgan sovun sulfat kislota bilan parchalanadi. 
                    
2RCOONa + H
2
SO
4
           RCOOH   + Na
2
SO
4
 
 
Paxta yog‘idan olingan soapstokni sovunlanishining ikki xil usuli bor: 
1)  elimli usul 
2)  yadroli usul 
Elimli usulda soapstok 30-40% li kaustik soda eritmasi bilan sovunlanadi va 
hosil  bo‘lgan  yelimli  aralashma  tindirilmasdan  sulfat  kislota  bilan  parchalanadi. 
Yadro orqali olish usulida esa sovunli yelim tindiriladi va hosil bo‘lgan sovun yadrosi 
parchalashga  yuboriladi.  Qozonda  qolgan  sovunli  yelim  soapstok  bilan  neytrallanib 
osh  tuzi  bilan  tuzlanadi.  Tindiriladi  yadro  parchalashga,  sovun  osti  ishqori  esa  yog‘ 
tutgichga yuboriladi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish