Tindirish, qaynatish va sovutish. Tindirish glitserinli suv va yog‘ kislotalari
zichliklarining farqiga asoslangan: dastlab glitserinli suv ustiga yog‘ kislotalar
ajraladi, keyin u yoki bu usul bilan ajratib olinadi. Glitserinli
suvni
qaynatish
natijasida suv-yog‘ emulsiyasi buziladi, yog‘ kislotalari va neytral yog‘ ajraladi,
so‘ngra tindirish orqali ular ajratib olinadi.
Glitserinli suvni sovutish undagi aralashmalarni eruvchanligini pasaytiradi.
Natijada kristallizatsiya va qiyin eruvchan yog‘ kislotalar agregatlanishi sodir bo‘ladi.
Hosil bo‘lgan moddalar tindirish yoki filtrlash orqali ajratib olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |