Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

Topshiriq:  

1.Matnni o‘qing. Matndan Bobur asarlarining nomini daftaringizga ko‘chirib yozing.  

2.Matnni ma’noli qismlarga ajrating va gapirib bering. 


119 

 

 



ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR 

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  (1483-1530  yillar)  o‘zbek  xalqining  yirik  mutafakkiri, 

davlat arbobi, o‘zbek mumtoz adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakili, tarixchi olim, shoir va 

tarjimondir.  U  temuriylar  avlodidan  bo‘lib,  hindistonda  «Buyuk  mo‘g‘ullar  imperiyasi»  deb 

nom olgan davlatning asoschisi hisoblanadi. 

Bobur  Andijonda  tug‘ildi.  Bolalik  yillari  shu  yerda  o‘tdi.  Uning  otasi  Umar  Shayx 

temuriylar  sulolasiga  mansub  bo‘lib,  o‘sha  davrda  Farg‘ona  viloyatida  hokimlik  qilar  edi. 

Bobur saroy muhitida tarbiyalandi, yoshligidanoq, ilm-fanga mehr qo‘ydi, ayniqsa, adabiyot 

va  tarix  bilan  qiziqa  boshladi.  Otasi  Umar  Shayx  vafotidan  keyin  Bobur  12  yoshda  taxtga 

o‘tirib, davlatni boshqarish bilan mashg‘ul bo‘ldi. 

Bobur  yashagan  davr  murakkab  voqyealarga  boy  bo‘lib,  taxt  uchun  kurash  avjga 

chiqqan edi. U davlatni markazlashtirish va kuchli imperiya tuzish maqsadida Samarqandga 

yurish qiladi va bir necha urinishlardan so‘ng 1496-yilda Samarqandni egallaydi. Oradan 100 

kun o‘tib shaharni tashlab, Andijonga — unga qarshi ko‘tarilgan g‘alayonni bostirish uchun 

ketishga  majbur  bo‘ladi.  Bobur  Andijonni  qo‘lga  kiritish  uchun  katta  kuch  sarflab  2  yildan 

keyingina  uni  egalladi.  Keyin    yana  Samarqandga  yurish  qiladi  va  ikkinchi  marta  ishg‘ol 

qiladi.  Lekin  bu  vaqtda,  ya’ni  1500-yilda  Samarqandga  Shayboniyxon  katta  kuch  bilan 

bostirib  kiradi.  Natijada  Bobur  askarlari  bilan  Samarqandni  tashlab  chiqib  ketishga  majbur 

bo‘ladi. Bobur Samarqandni egallash uchun yana bir necha bor harakat qilib, Shayboniyxon 

bilan  jang  qiladi,  lekin  istagan  natijaga  erisha  olmaydi.  Oxiri  1504-yilda  u  300  dan  ortiq 

navkari bilan Kobulga qarab yo‘l oladi.  

XVI  asr  boshlarida  Afg‘oniston  tarqoq  edi.  Bobur  turk  va  afg‘on  qabilalarini  o‘ziga 

bo‘ysundirib, Kobul, g‘azni shaharlarini qo‘lga kiritadi, 1508-yilda o‘zini shu yerning hokimi 

deb e’lon qiladi.  

Umuman, Bobur va uning o‘g‘li Afg‘onistonda 1504-yildan 1526-yilgacha podshohlik 

qildilar.  Shu  davr  ichida  tarqoq  qabilalarni  birlashtirdi,  mamlakatni  iqtisodiy  va  siyosiy 

jihatdan mustahkamladi. U doimo kuchli, markazlashgan davlat tuzish orzusida bo‘ldi. Bobur 

mamlakat obodonchiligiga, ilm-fan rivojiga katta e’tibor berdi, o‘zi ham ruboiy va g‘azallar 

bitdi. U Afg‘onistonning xo‘jaligi va madaniyatiga katta e’tibor berdi, ariq va kanallar ochdi, 

chorbog‘lar  soldi,  yo‘l  va  ko‘priklar  qurdi,  maktab  va  madrasalar  bino  qildi,  Buxoro  olusi, 

nayshakar va boshqa xil daraxt ko‘chatlarini keltirib ektirdi. Bobur mahalliy aholining diniy 

e’tiqodlariga,  urf-odatlariga  erkinlik  berdi,  yerli  amaldorlarni  izzat-hurmat  qildi.  Bular 

Boburning shon-shuhratini oshirib yubordi.  

Bobur  o‘zining  tobora  mustahkamlanib  borayotgan  davlatini  kengaytirish  maqsadida 

1526-yil  Dehli  tomon  yurish  qiladi.  U  1526-yil  21-aprelida  Panipat  jangida  Dehli  sultoni 

Ibrohim Lo‘diy boshchilik qilgan armiyani yengib, Dehlini egallaydi. 

 Bobur bu yerda markazlashgan kuchli davlat barpo qildi. Uning davrida hindistonning 

qo‘shni  mamlakatlar,  xususan,  Rossiya  va  O‘rta  Osiyo  bilan  aloqasi  kuchaydi.  U  mamlakat 

obodonchiligiga  katta  e’tibor  berdi,  shaharlarni  rivojlantirdi,  irrigatsiya  inshootlari  qurdirdi, 

bog‘lar  barpo  qildi.  Bobur  ilm-fanni  rivojlantirishga,  olim  va  shoirlarga  homiylik  qilishga 

intildi. 

U 1530-yilda Agrada vafot qildi. Keyinchalik uning xoki Kobulga keltirilib, dafn etildi. 

Bobur  o‘zbek  adabiyoti,  tarix,  geografiya,  falsafaga  hissa  qo‘shgan  mutafakkir.  U 

yoshligidan  badiiy  ijod  bilan    shug‘ullandi.  Uni  butun  jahonga  tanitgan  asari 

«Boburnoma»dir. «Boburnoma» juda qimmatli adabiy-tarixiy asar bo‘lib, u XV asr oxiri XVI 

asrning 30-yillarigacha bo‘lgan murakkab tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Bobur ushbu asarda 

Movarounnahr, Afg‘oniston, Xuroson va hindistonda ro‘y bergan siyosiy voqyealarga batafsil 

to‘xtaladi.  Unda  o‘zaro  urushlar,  taxt  uchun  kurashlar,  xalq  ahvolining  yomonlashuvi  va 

boshqa  voqyealar  bayon  qilinadi.  Shuningdek,  Bobur  Andijon,  Samarqand,  Kobul  va 

Dehlidagi o‘z faoliyatiga ham to‘xtaladi. «Boburnoma» asari geografiya haqida ham qimmatli 




120 

 

ma’lumot  beradi.  Bobur  ushbu  asarda  shuncha  ko‘p  geografik  nomlar,  kishilar  nomi, 



hayvonot va o‘simliklar nomini keltiradiki, bular hammasi uning noyob xotira quvvatiga ega 

bo‘lganni isbot qiladi. Bobir chet tillardagi kishi va geografik nomlarni mumkin qadar aslida 

qanday bo‘lsa shunday berishga harakat qiladi. 

Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, 

 

 

          Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi. 



 

 

          O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim, 



 

 

          Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi?! 



 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish