Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/645
Sana07.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#326969
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   645
Bog'liq
Toshkent kimyo-texnologiya institiuti tasdiqlayman

 

 

 

 

 

 

 


113 

 

12-mavzu. ADABIYOT - MA’NAVIYAT O‘CHOGI. 



 

Og‘zaki nutq: 

Mavzuga  oid  matnni  o‘qib  tushunish.  Matndagi  termin  va  iboralarning 

ma’nosini izohlash. Matndagi asosiy fikrni ajratib so‘zlab berish.  

Yozma nutq: 

Badiiy asar qahramoni o‘quvchini qanday tarbiyalashi haqida fikr bildirish 

va  unga  misollar  keltirish.  Mashhur  adabiy  qahramonlar  haqida  taqdimot  tayyorlash. 

Adabiyot haqidagi hikmatli so‘zlardan namunalar yozish. 



Grammatika: 

Nutq uslublari. Badiiy uslub va uning xususiyatlari. Sifat –so‘z turkumi. 

Sifat darajalari. 

 

Tayanch so‘z va iboralar:



 

A

dabiyot, ma’naviyat, ijodkor, shoir, yozuvchi, badiiy asar,  

nutq uslublari, ilmiy uslub, badiiy uslub, so‘zlashuv uslubi, rasmiy uslub, publitsistik uslub,  

badiiy-tasviriy vositalar, sifat, sifat darajalari, oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma  daraja.

 

 



Adabiyot – o‘tkir yurak  kirlarini yuvadurgan  toza ma’rifat suvi… 

(Cho‘lpon)  



 

San'at  voqеlikni  obrazlar  vositasida aks  ettiradi.  Obraz  esa borliqdagi  narsalarni  oddiy 

aks  ettirishdan  iborat  emas,  balki  badiiy  aks  ettirishdan  iborat  dir.  Ijodkorning  fikr,  tuyg‘u, 

sеzgi va kеchinmalari singdirilgan hayot manzarasi tasviri badiiy obraz dеyiladi.  

San'atning  turlari  ko‘p.  Ulardan  eng  muhimlari  tasviriy  san'at  (musavvirlik),  musiqa, 

kino,  mе'morchilik,  raqs,  haykaltaroshlik  va  badiiy  adabiyotdir.  Obrazlilik  hamma  san'at 

turlari  uchun  xos.  Biroq  ularning  har  birining  o‘ziga  xos  obraz  yaratish  vositalari  mavjud. 

Badiiy adabiyotda obraz yaratuvchi yagona vosita so‘zdir. 

Badiiy  so‘z  adabiyotning  asosiy  quroli  hisoblanadi.  Obrazli  so‘zga  asoslanuvchi, 

hayotni  muayyan  obrazlar  vositasida  aks  ettiruvchi  adabiyot  esa  badiiy  abadiyot  dеb 

yuritiladi.  

«Adabiyot»  arabcha  so‘z  bo‘lib,  «odoblar  yig‘indisi»,  boshqacha  aytganda  «odoblar 

xazinasi» dеgan ma’noni bildiradi.  

Adabiyotning bosh vazifasi esa inson qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafratni 

uyg‘otishga  qaratilgan.  San'at  asarlari  ta’sirida  o‘quvchilarda  tug‘ilgan  bunday  tuyg‘ular 

estеtik tuyg‘u dеyiladi.  

Badiiy adabiyot  inson ruhidagi nozik tovlanish va hissiyotidagi  chigal jarayonlarni  ilg‘ash 

hamda  aks ettirishga xizmat  qiladi.  

Adabiyot  inson    ko‘ngli  va  ruhini  pokiza  qilishga,  uni  o‘zgalarning  ko‘nglidagi  holatlarni 

ilg‘aydigan  darajada tarbiyalashga xizmat  qiladi. 

Insonning  ma’naviy    kamolotini  yuksaltiradi  Badiiy  adabiyot  inson  va  tabiat  munosabati, 

mana shu munosabatda insonning tutgan o‘rni va roli, inson ruhiy olamni butun murakkabligi 

bilan  ko‘rsatish  orqali  ma’naviy  yuksaklikni  targ‘ib  etuvchi,  razillik  va  tubanlikni  inkor 

etuvchi,  insonning  dunyoqarashiga,  hissiyotiga  va  axloqiga  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatuvchi  so‘z 

san'atidir.Adabiyotning  bosh  vazifasi  insonlar  qalbida  ezgulikka  muhabbat,  yovuzlikka  nafrat 

tuyg‘ularini  uyg‘otish  bo‘lganligi  sababli  yoshlar  qalbiga  go‘zal  tuyg‘ular  singdiriladi.  Badiiy 

adabiyot  o‘z  ichiga    olamni  obrazli  ko‘rish  va    timsollar  asosida  aks  ettirish  mahsuli  bo‘lmish 

badiiy  asarlarni  oladi.    Bu  xil  asarlar  nimanidir  bilib  olish,  o‘rganish    uchun  emas,  balki inson 

qalbining  tovlanishla-rini,  tuyg‘ularning  ranginligini  his  etish,  uning  quvonch-u  iztiroblarini 

tuyish  uchun  o‘qiladi.Adabiyot    inson  qalbi,  orzu-intilishlari,  sevinch-armonlari,  qayg‘u-

iztiroblari, bir so‘z bilan aytganda  ma’naviy borlig‘ini  namoyon etadi.  Adabiyot insonshunoslik, 

ruhshunoslikdir. Adabiyot ma’naviy haqiqatlarni aks ettiradi. Chunki ma’naviy haqiqatni     his-

tuyg‘u orqali  tuyish mumkin.  

Yozuvchi  so‘zlardan  mohirlik  bilan  foydalangan  holda  shunday  hayotiy  manzaralar 

chizadiki, asarlarni o‘qiyotgan o‘quvchi o‘sha voqealarda ishtirok etayotgandek, ularni o‘z ko‘zi 



114 

 

bilan  ko‘rib  turgandek  bo‘ladi.  Voqealar  rivoji  davomida  o‘quvchi  badiiy  asardagi  sevimli 



qahramoni  bilan  birga  sevinadi,  hafa  bo‘ladi,  iztirob  chekadi. Unga  hayrixoh  bo‘ladi.  Asardagi 

ijobiy  qahramonlaning  ijobiy  fazilatlaridan  o‘rnak  olsa,  ba’zi  qahramonlarning  yovuzliklaridan 

nafratlanadi.  San’at  asarlari  ta’sirida  o‘quvchilarda  tug‘ilgan  bunday  tuyg‘ular  estetik  tuyg‘u 

deyiladi.  Badiiy  adabiyot  ilmiy  adabiyotdan  hayot  haqiqatini  jonli  va  jozibali  tasvirlashi  bilan 

keskin farqlanadi.  Shuning uchun badiiy adabiyotni ma’naviyat xazinasi deyish mumkin.  

 

Topshiriq: 



Quyidagi matnni o‘zbek tiliga tarjima qiling va og‘zaki so‘zlab bering. 

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   645




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish