Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matnni reja asosida so‘zlab berish.
Tanlangan kasb haqida rivoyat yoki hikoya so‘zlab berish.
“Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi” mavzusida matn tuzish. Kasb
taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlardan xronologik jadval tuzish. Ish jarayonidagi muloqot
vaziyatlarini aks ettiruvchi kasbiy o‘yin ssenariysini tuzish va uni inssenirovka qilish.
Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi.
Kimyoning fan sifatida shakllanishini tadqiqotchilar Misr bilan bog‘lashadi. Savdo-
sotiq, hunarmandchilik va ma’naviy aloqalar juda rivojlangan bu mamlakatda ilm, falsafiy
qarashlar, sanoat va qishloq xo‘jaligi yaxshi rivoj topgan. Nil bo‘yidagi Iskandariya shahrida I
asrda yozilgan ko‘pgina kimyoviy ma’lumotlar, jumladan, kimyoviy jihozlarning ko‘rinishlari,
kuydirish, pishirish, toblash, quruq haydash, eritish, kristallanish, ajratish va boshqa usullar
haqida ma’lumotlar keltiriladi. Mazkur manbada oddiy metallardan oltin olish g‘oyasi ham ilgari
surilgan bo‘lib, mavhum bu izlanish fanning rivojlanishiga ma’lum darajada to‘sqinlik qildi,
olimlar fikrini boshqa amalga oshmaydigan yo‘nalishga burib yubordi. Iskandariya
ma’lumotlaridan foydalangan arab olimlari tez orada bir nechta yangi moddalar, jumladan, nitrat
kislota, tuzlar va boshqalarni olishni kashf qildilar. Misrlik olimlar tilidagi Kimyoga arablar “al”
qo‘shimchasini qo‘shib mashhur “Alkimyo” ga asos soldilar. Natijada ko‘pgina ilmiy asarlar,
kitoblar, maqolalar va tajribalar ifodalari paydo bo‘ldi. Keyinchalik bu so‘z yevropa
209
mamlakatlarida "Kimyo" nomi bilan ommalashdi. Muqammad Xorazmiy X asrda "Kimyo" so‘zi
arabcha "hamoyakmi", ya’ni "yashirmoq", "berkitmoq" ni anglatadi, deydi.
"Alkimyo" asoschisi Jobir ibn Xayyom metallarning paydo bo‘lishidagi oltingugurt-simob
nazariyasini olg‘a surgan, ya’ni yer qa’rida quruq bog‘lanishdan oltingugurt ("metallar otasi"),
nam bug‘lanishdan esa simob ("metallar onasi") paydo bo‘ladi degan fikrni aytadi. Ularning turli
xil nisbatlarda birikishidan oltin, kumush, mis, temir, qalay, qo‘rg‘oshin, shisha hosil bo‘ladi.
Shu asnoda oddiy metallarni nodir metallarga o‘tkazish haqida ma’lumotlar beriladi. "Element"
tushunchasiga ko‘ra, oltingugurt -yonuvchanlik, simob - uchuvchanlik, tuz esa eruvchanlikni
bildiradi. Shunga ko‘ra, bu moddalar turining kashf qilinishi asosiy fikr bo‘ldi. Olimning
izdoshlaridan bo‘lgan Abu Nasr Forobiy o‘zining "Ustodi Soniy" asarida alkimyo ilmining
yo‘nalishini ma’qullaydi. Sharq allomalaridan Abu Bakr ar-Roziy "Sirlar kitobi"da alkimyo
ma’lum bo‘lgan moddalarni o‘rganish, asbob-uskunalarni yig‘ish va foydalanish hamda
tajribalar o‘tkazishni keltiradi. Abu Abdullo al-Xorazmiyning "Bilimlar kaliti" kitobida kimyoga
alohida bo‘lim ajratilib, unda turli moddalar, asboblar, tajribalar to‘g‘risida mukammal
ma’lumotlar keltirilgan.
Ingliz kimyogari R. Boyl kimyoni o‘rganishda yangicha yondoshish va faqat tajribalar
yordamida olingan ma’lumotlarga ishonishga undadi. Uning fikricha, kimyoning maqsadi jismlar
tuzilishini aniqlash, shundan so‘ng uni elementlarga ajratib, tahlilga o‘tishdan iborat bo‘lishi
kerak.
XIX asr kimyo fani tarixida nazariy asoslarni ishlab chiqish davri bo‘ldi. Natijada atom -
molekulyar ta’limot maydonga keldi. Ingliz olimi Jon Dalton 1803-yili moddaning atom tuzilishi
haqidagi tasavvurlarga suyangan holda tajribalar o‘tkazdi.
Italiyalik olim A. Avogadro atom va molekula tushunchasining bir-biridan farq qilishini
aniqlab berdi. U moddaning kichik zarrachasi molekula, elementlarning eng kichik zarrachasi
esa atom deb ta’rifladi.
XIX asrda fandagi tarixiy kashfiyotlardan biri 1869 yil D. I.Mendeleev tomonidan
ochilgan kimyoviy elementlar davriy qonuni va sistemasi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: