2.
Zidlov bog‘lovchilari:
ammo, lekin (yoki lek), biroq, balki.
-
Dunyoda kasblar ko‘p, biroq odamiylik kasbi hammasidan ulug‘dir.
3.
Ayruv bog‘lovchilari:
yo, yoki, yoxud, yoinki, yo … yo, yoki… yoki, goh…goh,
xoh…xoh, dam… dam.
-
U kun bo‘yi goh kutubxonada, goh hujrasida mutolaadan bosh ko‘tarmay
o‘tiradi.
-
Yo siz keling, yo men boray.
-
Dadasi erkatoy o‘lining bu arzini eshitib, dam hayratga tushdi, dam quvondi.
4.
Inkor bog‘lovchisi:
na… na
-
Ko‘ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla do‘stlashding?
- Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlashding?
- Ko‘kda na yulduz bor, na bir tabassum, Tabiat ingrardi, yig‘lardi yum-yum.
Do'stlaringiz bilan baham: |