Nazorat savollari:
1. Ifloslanishni kuchaytiruvchi asosiy manbalar?
2. Suv manbalariga qoʼyiladigan sanitariya talablari?
3. HACCP ning asosiy vazifalariga nimalar kiradi?
15-Mavzu: Korxonani sanitar holatiga ishlab chiqarish nazorati.
Oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqumli kasalliklarning va zaharlanishning oldini olish, mahsulot va xizmatlarning isteʼmolchilar sogʼligi va hayoti uchun xavfsizligini taʼminlash korxonaning sanitariya holati va realizatsiya qilayotgan mahsulotlarining sifatini doimiy ravishda nazorat qilishga asoslangan. Shu boisdan ham ovqatlanish korxonalarida sex va xonalarni, jihoz va inventarlarni hamda idish-tovoqlarni tozalash, yuvish va dezinfektsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati hamda xodimlar tomonidan shaxsiy gigiena talablarining bajarilishi doimo nazorat qilinib boriladi.
Ovqatlanish korxonalarida tozalikni taʼm inlash va tayyor mahsulotlar sifati joylardagi SES xizmatlari tomonidan bakteriologik tekshirishlar oʼtkazishlar orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari korxonada tayyor mahsulotlar sifati har kuni masʼul tayinlangan xodimlar tomonidan organoleptik sifat koʼrsatkichlari orqali baholanib boriladi.
Korxona mahsuloti va sanitariya holatining sifatini nazorat qilish oldin tuzilib, tasdiqlangan reja orqali amalga oshiriladi. Rejadan tashqari ham tekshiruvlar tashkil qilinishi mumkin
Ovqatlanish korxonalarida sanitarik holat va mahsulot sifatini rejadan tashqari tekshirish sabablari.
Tozalash, yuvish va dezinfektsiya qilish ishlarining sifati va xodimlarning shaxsiy gigiena talablariga rioya qilishi yuvindilarda baʼzi bir mikroorganizmlarning bor yoʼqligini tekshiruv orqali amalga oshiriladi.
Yuvindilar mavjudligi tekshiriladigan mikroorganizmlar.
Olingan yuvindilarda chizmada koʼrsatilgan mikroorganizmlarning mavjudligi korxonada sanitariya rejimining buzilganligidan va xodimlar tomonidan shaxsiy gigiena talablariga rioya qilmasligi haqida dalolat beradi. Yuvindilar har xil obʼektlardan olinadi
Yuvindilar olish obʼektlari.
Аmldagi qoidalarga koʼra yuvindilar maʼlum bir vaqtlarda olinadi
Yuvindilarni olish vaqti.
Yuvindilar katta obʼektlardan (maydalash stullari, doskalar, vannalar va sh.oʼ.), kosa, lagan va piyolaga oʼxshagan obʼektlardan ham sanitariya kiyimlaridan 100sm2 yuzadan olinadi. Uning uchun 5x5sm. traforet tayyorlanadi.
Yuvindilar steril paxta yoki doka salfetkalari tamponlari yordamida olinadi. Katta obʼektlardan yuvindilar trafaret qoʼyilib toʼrt joyidan, kosa, tovoq va piyolalarning ichki yuzasining toʼrt joyidan tampon bilan suritb olinadi. Kichik inventar va instrumentlardan (qoshiq, pichoq, sanchqi va sh.oʼ.) yuvindi bir tampon bilan uchta bir xil obʼekt yuzasini surtib olish orqali olinadi. Yuvindilar stakanlarning ichki yuzasidan va tashqi yuzasining yuqori qismidan (2sm.) olinadi. Yuvindi sanitariya kiyimlarining toʼrt joyidan har bir 25sm2 yuzadan olinadi: har bir sanitariya kiyimi yengining pastki va yuqori tomonlarining (oldi tomoni) har ikki joyidan, sochoqlarning esa toʼrt joyidan olinadi. Yuvindilarni xodimlar qoʼllaridan olishda panjalar, panja oraliqlari va tirnoqlar taglari tampon bilan surtiladi.
Olingan yuvindilar darhol bakteriologik laboratoriya analiz uchun yuboriladi. Yuvindilarni tekshirishda asosan ichak tayoqchalarining bor-yoʼqligiga katta ahamiyat beriladi. Idishtovoqlarni yuvish sifatini tekshirishda ichak tayoqchalaridan tashqari mikroorganizmlarning umumiy soni ham hisobga olinadi.
Ichak tayoqchalarining yuvindilarda topilishi korxonada sanitariya rejimining buzilganligidan darak beradi. Shu sababdan ham ichak tayoqchalari topilgandan keyin sanitariya rejimining buzilish sabablari aniqlanadi, korxonada bosh tozalash va dezinfektsiya ishlari qayta oʼtkaziladi. Undan keyin yuvindilar avvalgi obʼektlardan qayta olinib tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |