Toshkent kimyo-texnologiya insituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti


Atmosfera havosining ifloslantiruvchi asosiy moddalar. Atrof-muhit



Download 4,82 Mb.
bet11/117
Sana07.03.2022
Hajmi4,82 Mb.
#485988
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   117
Bog'liq
УМИДА (2)

Atmosfera havosining ifloslantiruvchi asosiy moddalar. Atrof-muhit
va atmosfera havosining ifloslanishining gigienik muammolari

Atmosfera havosining ifloslanishi uchta asosiy manbadan kelib chiqadi: uylarni isitish vaqtida, sanoat va yo'l transporti vositalari orqali.


Atmosfera havosining ifloslantiruvchi moddalar juda xilma-xildir. Havoning sust va faol ifloslantiruvchi moddalari mavjud bo’lib, sust ifloslantiruvchi moddalarga chang va kul kiradi. Toksik xususiyatlarga ega bo'lgan faol ifloslantiruvchi moddalar uglerod hosilalari (karbonat angidrid va uglerod oksidi), oltingugurt, azot oksidi, qo'rg'oshin oksidi, benzpiren va boshqalar.
Atmosfera havosining ifloslanishida sanoat markazlari aholining umumiy kasallanishining 30 foizini tashkil etadi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, atmosferaga chiqadigan chiqindilarning umumiy miqdori 1 km3 ga 360 tonna toksik moddalarni tashkil etadi.
Yoqilg'i yonishi natijasida atmosferaga 20 milliard tonnadan ziyod karbonat angidrid va 700 million tonnadan ortiq boshqa bug' va gazsimon birikmalar va zarracha tarqaladi.
Dunyo avtomobil parki atmosferaga yiliga 500 million tonnadan ortiq yoqilg'ini iste'mol qilar ekan, kanserogen, mutagen, embriotoksik ta'sirga ega bo'lgan qariyb 200 million tonna zararli moddalar chiqaradi. Ular orasida azot oksidi, uglerod oksidi, qo'rg'oshin va boshqa moddalar mavjud. Keling, havoni eng keng tarqalgan ifloslantiruvchi moddalarini batafsil ko'rib chiqamiz.
Uglerod oksidi (CO) atmosfera havosiga sanoat korxonalari chiqindilari va avtotransport vositalaridan yoqilg'ining to'liq yonmasligi natijasida chiqadi. Zararli gazlar tarkibiga kirib, oddiy tutun tarkibida uglerod oksidi 3% atrofida va chiqindi gazlar (dvigatel normal ishlashi paytida gazlar) - 7,7 %ni tashkil etadi.
Uglerod chiqindilari bo'yicha (1 tonna uglerod 3,7 tonna CO2 ga to'g'ri keladi), birinchi o'rinda AQSh keyin Evropa Iqtisodiy Hamjamiyati mamlakatlari, keyin esa MDH davlatlari turadi.
Turar-joy binolari havosida uglerod oksidi xonalarni pech bilan isitish vaqtida, mo'ri erta yopilganida va gaz pechida nosozlik bo’lsa va tarmoqdan gaz oqib chiqishi natijasida paydo bo'lishi mumkin. Tamaki tutunida taxminan 0,5-1,0% uglerod oksidi mavjud. Uglerod oksidi zaharli hisoblanadi. O'pka orqali qonga kirib, u gemoglobinga birikib kuchli kimyoviy birikma karboksigemoglobin bilan hosil qiladi, kislorodning to'qimalarga o'tishini to'sib qo'yadi, natijada organizmda kislorod tanqisligi - o'tkir yoki surunkali anoksemiya paydo bo'ladi. Surunkali zaharlanishlar tez-tez uchrab, ular bosh og'rig'i, xotirani yo'qotish, uyquni buzish va charchoqni kuchayishi bilan ifodalanadi.

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish