___________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________
6.Qo’shimcha vazifa va ko’rsatmalar ____________________________________________
7.Kurs (ishi) loyihasini bajarish rejasi
|
4.0
|
5.0
|
6.0
|
Yozuv
|
Himoya
|
Reja
|
|
|
|
|
|
Amalda
|
|
|
|
|
|
Rahbar _____________________________
(imzo)
MUNDARIJA
KIRISH………………………………………………………………..
1-BOB Avtotroflar:
1.1. Avtotrof haqida umumiy malumotlar………………………………
1.2 Avtotrof turlari haqida tushincha ……………………………………
2-BOB. Bioyoqilg’i olish texnologiyasi:
2.1. Soanoatda bioyoqilg’i olish usullari………………………………..
2.2 Chiqindidan bioyoqilg’ olish yo’llari……………………………….
Xulosa:
Foydalanilgan adabiyotlar:
Kirish.
Hozirgi kunda yer yuzida insoniyatnmg taraqqiy etib borishi, fan va texnikaning rivojlanishi, moddiy turmushning yaxshilanishi parallel ravishda o‘ziga xos bir qator qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Insoniyat doimo yaxshi yashashga harakat qilib kelgan, lekin shu yashash tarzi hozirgi kunda m a’lum muammolarni vujudga keltirayotganligi hech kimga sir emas. Insonning hayotiga texnika vositalarini borgan sari chuqurroq kirib borishi uning o‘ziga ham qator qiyinchiliklarni tug‘dirishini ko‘pchilik tan olmaydi. Bu fikiga kimlardir qo‘shilmasligi mumkin, lekin bu fakt. O‘zingizga ma’lum, texnikaning rivojlanishi va insonning kundalik hayotiga kirib borishi shu insonning o‘zini kam harakat qilib qo'yadi. Faraz qiling, ertalab turdingiz va hech qiynalmay elektr choynakda yoki gaz plitada choyni qaynatdingiz, mikroto‘lqinli pechda yoki tosterda o‘zingizga biror bir egulik tayyorladingiz. Nonushtadan keyin liftda pastga tushib, shaxsiy mashinangizda ishga kelib, kun bo‘yi komputer yonida va telefon yordamida ishlaringizni bitirdingiz, umuman olganda deyarli faol harakat qilmadingiz. Bu kabi ish faoliyatini yoki butunlay boshqa soha ish faoliyatini ham misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Lekin bu bizning asosiy maqsadimiz emas. Bizning maqsad hozirgi kunda insonning hayotiy ehtiyojlari kundan kunga keskin oshib borayotganligini ko‘rsatish va uning ehtiyojlarini qondirish uchun esa ishlab chiqarish va texnikani kundan kunga rivojlanib, ko‘proq mahsulotlar ishlab chiqarayotganligini bildirishdir. Hozirgi kunda ishlab chiqarishning, fan va texnikaning rivojlanishi o‘z yo‘lida atrof-muhitga ko‘plab turli chiqindilarni tashlanishiga sababchi boʼlishi hech kimga sir emas. Shu o‘rinda o‘quvchida savol tug‘ilishi mumkin, xo‘sh nima qilmoq kerak, qanday yo‘l tutish lozim? Albatta, har bir insonda bu kabi savollar tug‘ilishi tabiiydir. Avval inson o‘zining «aql» ko‘zi bilan tabiatga chuqurroq nazar solishi va u yerda mavjud barcha mavjudotlami, o‘simliklami, yer usti va yer osti tabiiy resurslarini uning o‘zi uchun yaratilganligi va ulaming barchasi unga xizmat qilmoqligini, undan keyin ham bu yerda — ona zaminimizda qolganlar ham yashashi lozimligini anglab yetmog‘i kerak. Yer barcha tirik mavjudotlar va o‘simliklar uchun yashash maskani, u bizni boqadi, kiyintiradi. Yer va uni o‘rab turgan havo, suv va tuproq qatlami bizni doimo yashashimizga qulay sharoit yaratadi. Yerdagi barcha ma’danlar, suvlar va ularda yashab turgan jonzotlar barcha-barchasi inson uchun, uning shu dunyoda yashashi uchun xizmat qiladi. Buni anglab yetgan insonlar tabiatga bo'lgan o‘z mehrini oshirishga, uni asrab-avaylashga va tabiat qonunlari bilan kelishilgan holda yashashga harakat qilishi lozim. Lekin, ming afsuski bunga javoban ko‘pchilik tabiatni qadrlamaydi, uni asrab avaylamaydi. Yer ularning barcha «nomaqbulchiligini», «erkaligini» ko‘taradi, deb fikr yuritadilar. Hozirgi kunda atrof-muhitning keskin ifloslanishi, ekologik muvozanatning izdan chiqishi, turli iqlimiy o‘zgarishlar va falokatlarni yuzaga kelishi bizning, hammaning «nomaqbul»chiligimizning yorqin dalili, uning amaldagi ko‘rinishidir. Tabiatni o‘zi bir butun muvozanatdagi turli energetik aloqalar bilan bogʼlangan sistema bo‘lib, bu aloqalarning buzilishi va izdan chiqishi, yerdagi mavjud tabiiy jarayonlarning buzilishiga olib keladi va buning oqibatida yer yuzida turli ekologik falokatlar yuzaga keladi. Bundan 5,5 ming yil ilgari Misrdagi Xeops piramidasiga ham bu to‘g‘rida quyidagi yozuv qoldirilgan ekan: «Inson tabiat kuchlarini mensimagani va haqiqiy dunyoni tushunmagani uchun o‘limga mahkum bo'ladi». Bu to‘g‘risida ko‘plab misollar keltirish mumkin. Shuning uchun hozirgi kunda atrof-muhit muhofazasi muammosi har bir davlatning asosiy masalalaridan biriga aylanishiga olib keldi. Chunki, yer planetasi aholisi o‘tgan asr boshidan 1,5 milliarddan yigirma birinchi asrning shu kunigacha 8-8,5 milliardgacha o‘sdi. Bu esa o‘z yo‘lida yashash ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularni ta’minlash uchun yerlar, tabiiy resurslar, energiyaning shiddat bilan ko‘proq ishlatilishiga olib keldi. Shu kunlarda yerdan 100 milliard tonnadan ortiq tabiiy boyliklar qazib chiqarilmoqda, 800 milliard tonna metall eritilmoqda, 60 million tonna turli sintetik materiallar ishlab chiqarilmoqda, har yili yerga 500 million tonna mineral o‘g‘itlar, 3 million tonna zaharli ximikatlar solinmoqda. Tabiiy suv havzalariga 700 milliard m3 miqdorda sanoat va maishiy oqova suvlari tashlanmoqda. Atrof-muhitga tashianadigan zaharli gazlar ichida asosan CO, S02, NOx (azot oksidlari), CxHy (uglevodorod gazlar) va changlar yuqori o‘rinlarni egallaydi. Atmosfera havosiga har yili 250 mln.tonnadan ortiq chang, 200 mln.tonna CO, 150 mln.tonna SO2, 50 mln. tonna azot oksidlari, 50 mln tonnadan ortiq uglevodorod moddalari, hamda 20 mln.tonnadan ortiq CO2 gazi tashlanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida 200 mln.dan ortiq avtomobil boʼlib (bu son kundan kunga oshib bormoqda), ularning har biri atrof-muhitga o'rtacha 200 xildan ortiq zaharli moddalami tashlaydi. Ular ichida o‘ta kanserogen xossadagi turli uglevodorodlar, qo‘rg‘oshin birikmalari uchraydi. Benzinda tetra-etil qo‘ig‘oshin moddasining boʼlishi ularni avtomobil transportida ishlatgandan keyin atrof-muhitga qo‘rg‘oshin moddasining turli oksid, nitrat, sulfat, xlorid birikmali zaharli moddalarini tarqalishiga sababchi bo'ladi. Bu moddalar transport vositalari tufayli shahar yo'llarida doimo uchraydi. Ko'mir yoqilganda tutun va kullar bilan birgalikda atrof-muhitga uni qazib olingan miqdoriga nisbatan ko‘proq moddalar tarqaladi, masalan, magniy 1,5, molibden 3, mishyak 7, uran, titan 10, aluminiy, yod, kobalt 15, simob 50, Li, V, Sr, Be, sirkoniy 100 barobar ko‘p tarqaladi. Shu sababli ular o‘simliklarda, suvda, yerda doimo mavjud bo‘lib, ushbu moddalar inson organizmiga mahsulotlar orqali o‘tishi aniqlangan (suv, havo, sabzavot va mevalami iste’mol qilish orqali). xavfli radioaktiv moddalar — atom elektrostansiyalari (AES lar) orqali tarqaladi. Bu moddalar atmosfera havosida doimo yig‘iladi, ular havoda o'zaro birikib o‘ta xavfli moddalami Ham hosil qilishi mumkin, azot oksidlari va freonlar esa atmosfera havosining stratosfera qatlamida joylashgan ozon gazi qatlamining yemirilishiga sababchi bo’madi. Uzoqqa bormaylik, mana hozirgi kundagi iqlim o‘zgarishlari, tabiiy ofatlaming ko‘payishi (suv toshqinlari, dovul, bo'ronlarning ko‘payishi, o‘rmon yong‘inlari va shu kabilar) atmosfera havosi qatlamida «parnik» gazlari miqdorining oshganligi natijasida yuzaga kelgan deb ko‘rsatish mumkin. Shu bilan bir qatorda atmosfera havosida chiqindi gazlarning to ‘planishi natijasida «kislotali yomg‘ir»lar, smoglar hosil bo‘lishiga va ulami yerga tushib, suv havzalari, hosildor yerlarning ishdan chiqishiga olib kelishi barchamizga ma’lum. Oqibatda yerlar zararlanishi natijasida yaroqsiz holatga, suvlardagi jonivorlar esa suvlarning ifloslanishi oqibatida halokatga mubtalo bo‘lishi kuzatilmoqda. Yog‘inlarda pH=4,15-4,51i sulfat kislotasining uchrashi hatto Olmaliqdan 50 km narida G ‘arbiy Tyan-Shanning Chotqol biosferik qo‘riqxonasida ham kuzatilgan bo‘lib, bu yerda oltingugurtning fon konsentratsiyasi MHD bo‘yicha eng yuqori natijaga ega. Statistik ma’lumotlaiga ko‘ra hozir respublika bo‘yicha yiliga atmosfera havosiga 1,84 mln.tonna zararli moddalar tashlanmoqda. Ushbu miqdordan 53%i uglerod oksidiga, 8%i uglevodorodlarga, 15%i oltingugurt angidridiga, 4%i azot oksidlariga, 15%i esa yuqori toksik ingredientlaiga to‘g‘ri keladi. Ushbu gazlaming barchasi atmosfera havosida turli xil o'zgarishlarni vujudga keltirib, atmosfera havosinmg tarkibini buzilishiga sababchi bo‘ladi. Atmosferada to'plangan zaharli birikmalar yomg'ir va qor orqali yerga qaytadi va natijada unumdor tuproq qatlamini, hamda suv havzalarini zararlaydi. Hozirgi kunda suv havzalari sanoat korxonalarining oqova suvlari bilan ham keskin ifloslanmoqda. Sanoatda ajralayotgan oqova suvlar tarkibida asosan turli og'ir metall ionlari va tuzlari, yuvuvchi vositalar, yog'lar, neft mahsulotlari, radioaktiv birikmalari ko‘plab uchraydi. Hisoblarga ko‘ra suv havzalariga 500 mingdan ortiq turli xildagi birikmalar tashlanar ekan. Og‘ir metallar — Pb, Hg, Cu, Zn, Cd suvga tushib, hayvon va baliqlar organizmlariga o'tadi. Ulardan esa iste’mol orqali inson organizmiga ham o'tishi mumkin. (Simob bilan zaharlangan baliqlarni iste’mol qilish orqali inson organizmining shikastlangani Amerikada kuzatilgan.) Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanganda suv havzalari, dengizlar va okeanlar ham katta talofot ko'radi. Har yili okean suvlariga tanker va kemalaming halokati natijasida 12-15 mln.tonna neft oqib ketadi. Ma’lumki, 1 tonna neft yupqa plyonka bilan 12 km suv yuzasini qoplaydi. Bu esa o‘z yo‘lida baliq uvildiriqlarining, kislorod yetkazib beradigan fitoplanktonlarining qirilib ketishiga sababchi bo'ladi, natijada havo-atmosfera va suv-gidrosfera o'rtasidagi gaz-suv almashinishi jarayoni buziladi. Uzoqqa bormaylik, kundalik hayotimizda o'zimizning ba’zi avtomobillarni yuvish shoxobchalarida ham ko'plab neft mahsulotlarining suvga qo'shilib oqib ketishi doimo kuzatiladi. 10 g neft mahsuloti esa 60 m3 suvni umuman ishlatishga yaroqsiz qilib qo'yadi. Suvni me’yordan ko‘p ishlatish ham qator daryolar, ko'llamining qurishiga olib keladi. Hozirgi kunda Orol dengizining qurigan tubidan atmosfera havosiga har yili o‘rta hisobda 70-75 mln.tonna tuz ko'tarilmoqda. Ushbu «tuz bo'ronlari» hatto Pomir, Tyan-Shan tog‘ tizmalarining muzliklarigacha yetib bormoqda. Ma’lumki, bizning asosiy suv manbalarimiz, ya’ni daryolarimiz muzliklarni erishi natijasida hosil bo'ladi. Tuz esa muzlarning erishini tezlashtiradi. Bu esa o'z yo'lida tabiatdagi muz hosil bo'lishi va uning erishi o'rtasidagi tabiiy muvozanatning izdan chiqishiga sababchi bo'ladi. Natijada yaqin kelajakda, agar ahvol tezlik bilan to'g'rilanmasa, muzliklarning tez erib, zaxirasi kamayishi oqibatida suv resurslarining ham kamayib ketishiga sababchi bo'lishi mumkin. Bundan tashqari yerga qattiq zaharli birikmalar tushishi yer tuprog'i strukturasming buzilishiga olib keladi, o'g'it va pestitsidlami rejasiz ishlatish esa uning kimyoviy tarkibini buzilishiga olib keladi. Oqibatda yer eroziyasi, hosildorlikning keskin tushib ketishi, sho'rlanish kabi salbiy holatlar yuzaga keladi. Bu to'g'risida ko'plab gapirish va misollar keltirish mumkin. Demak, har qanday chiqindi qaysi sanoat tarm og'idan tashlanishidan qat’i nazar, albatta ushlab qolinishi, tozalanishi va zararsizlantirilishi lozim. Ushbu darslikni yozishdan asosiy maqsad ham talabalarga hozirgi kunda sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan turli chiqindilarni ushlab qolish, zararsizlantirish, tozalash va qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalarini tanishtirishdan iboratdir. Darslik katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, unda bo'lajak mutaxassislarni har bir korxonada ajralayotgan chiqindiiarni alohida ко'rib chiqmoqlikka va ularni zarar keltirish darajasidan qat’i nazar, albatta ushlab qolinishiga hamda qayta ishlanib kerakli mahsulotga aylantirishga e’tiborini qaratishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |