Xomashyoni tayyorlash
. Mol va qo’y go’shtini biriktiruvchi to’qimalar,
pay va yog’dan ajratiladi va massasi 400-600 g bo’lgan bo’laklarga bo’linadi va
tuzlanadi. 100 kg go’shtni tuzlash uchun 3.5 kg tuz talab etiladi.Tuzlangan
go’sht harorati 2-4°C bo’lgan kameralarda 5-7 sutka davomida
saqlanadi.Cho’chqa go’shtini paylardan ajratilgandan so’ng bo’laklarga bo’lib
tuzlanadi, har 100 kg cho’chqa go’shtiga 3 kg tuz ishlatiladi.Go’shtni
suvsizlantirishni yaxshiroq o’tkazish uchun tuzlash nomokobning oqib
tushishini ta’minlovchi maxsus savat yoki yashiklarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |