Bog'liq plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi
2.1. Polimer kompozitsiyasini granula holatiga aylantirish Granulalash polimerni sochiluvchan donador mahsulotga aylantirishdir. Granullash sochilgan
holdagi zichlikning qiymatini oshirib beradi: material granulalari deyarli bir xil o‘lchamga ega (3-5
mm). Sochilgan holdagi hajmiy og'irlikning ortishi granuladan buyum oluvchi agregatning ishlab
chiqarish unumdorligini oshiradi.
Granulalash jarayoni quyidagilardan iborat: poroshok holatidagi polimer yoki PKM silindrga
solinadigan (silindr ichida aylanib turadigan shnek mavjud va tashqi tomondan kerakli bo‘lgan
haroratgacha isitiladi) va harorat ta’siri ostida material oquvchan holatga o‘tib shnek yordamida uni
shakllovchi kallak orqali lenta yoki (prutok holatda) uzluksiz siqib chiqaradi va sovutib kesib
granulaga aylantiriladi. Bunday agregatlar granulyator nomi bilan yuritiladi.