2-MA’RUZA
POLIMER KOMPOZITSIYALAR TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI
Avvalo yuqorida ko‘rsatilganga qarab kompozitsiya tarkibini aniqlash lozim, undan so‘ng
tarkibiga kiruvchi xom ashyolarni aralashtirishga kirishiladi.
Bundan oldin zavod laboratoriyasida PMK tarkibiga kiruvchi komponentlarning texnologik
hossalarini aniqlash kerak. Buni ayrim paytlarda xom ashyoni kiritishdagi tekshirish ko‘rsatgichlari
deb ataladi.
Komponentlarning analiziga quyidagilar kiradi: zichlik, sochiluvchanlik (s
ыpuchest),
granulometrik tarkib, namlik, tabiiy qiyshayish burchagi (ugol yestestvennogo otkosa), sochilish
zichligi, zichlantirilgan materialning zichligi.
Aralashtirish - texnologik jarayon bo‘lib, unda birin-ketin komponentlarni qo‘shish va ularning
hossalarini kerakli tomonga yo‘naltirish, kompozitsiyani gomogenlashtirish.
Aralashtirish asosan ikki yo‘nalishda ketadi: makrodarajada, ya’ni sochiluvchan yoki qattiq
zarrachalarni suyuqlikda aralashtirish va mikrodarajada, ya’ni oquvchan holatda aralashtirish. Bu bir
hil (odnorodn
ыy) massa hosil bo‘lishiga olib keladi. Aralashtirish natijasida kompozitsiyani fizik
holati ham o‘zgarishi mumkin (erish, suyuqlanish) hamda kimyoviy reaksiya borishi uchun
(polimerni initsiatori yoki qaytaruvchi bilan aralashtirish) sharoitini yaratib beradi.
Aralashtirish lozim bo‘lgan komponentlarni holatiga qarab quyidagi usullar qo‘llaniladi:
1.
Sochiluvchan moddalarni aralashtirish;
2.
Sochiluvchan yoki suyuq moddalarni aralashtirish;
3.
Suyuqliklarni aralashtirish;
4.
Polimerlari oquvchan holatda aralashtirish.
- Sochiluvchan holatdagi moddalarni aralashtirish ko‘proq polimerlarga pigmentlar berishda
qo‘llaniladi (opudrirovanie). Bu protsess ko‘proq vals yoki ekstruderlarda amalga oshiriladi. Quruq
holatda aralashtirish maxsus meshalka-barabanlarda amalga oshiriladi bu to‘ldiruvchi va polimer
poroshok holatida bo‘lganda va ikkilamchi xom ashyoni ishlatishda qo‘llaniladi.
- Sochiluvchan va suyuq komponentlarni aralashtirish ko‘proq plastifikatorlarni, erituvchilarni,
rang beruvchi moddalarni aralashtirishda qo‘llaniladi. Tayyorlangan kompozitsiya pasta holatida
bo‘ladi. Bu jarayon, aralashtirilayotgan massa uskunaning devoriga yopishib qolmasligi uchun
maxsus aralashtirgichlarda amalga oshiriladi.
-
Polimerlarni oquvchan holatda aralashtirish usulida bir tekisda aralashtirish sodir bo‘ladi,
chunki aralashtirish polimerlarning oquvchanlik haroratidan sal yuqoriroq haroratlarda olib
boriladi. Bu jarayon valslarda amalga oshiriladi. Gomogenzatsiyaga erishish uchun massani
bir necha marta valslar oralig'idan o‘tkazish kerak. Valslar oralig'ini o‘zgartirish mumkin.
Bu yerda valslarning bir-biriga nisbatan tezligiga (friksiya) ham e’tibor berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |