Shimolda Armaniston tog`laridan janubda Fors qo’ltig`igacha, sharqda Eronning tog`li viloyatlaridan g`arbda Suriya-Mesopotamiya cho`llarigacha cho`zilib ketgan hudud qadimda yunon geograflari tomonidan Mesopotamiya (ikki daryo oralig`i-Frot va Dajla daryolari oralig`i) deb atalgan. Hozir bu asosan Iroq Respublikasi hududidir.
M. avv. III ming yillikdan Shimoliy-sharqiy Mesopotamiyada Diyali daryosidan Urmiya ko`ligacha yarim ko`chmanchi kutiy (gutiy ) qabilalari yashagan.
M. avv. X asrda janubiy Mesopotamiyaga oromiylarga qarindosh xaldey qabilalari kelib o`rnashdi.
Shumerlarning mil avv. IV ming yillikni boshlarida Janubiy Mesopotamiyaga kelishi bilan Uruk madaniyati boshlandi.
mil. avv. III ming yillikdan boshlab mamlakatni janubiy qismida shumerlarning kichik shahar-davlatlari paydo bo’ldi.
Qаdimgi Меsоpоtaтiya – Ikki daryo oralig’i xaritasi
Do'stlaringiz bilan baham: |