Akkad podsholigining qudratiga Mesopotamiyaga Zagros tog’laridan bostirib kirgan tog`li qabilalardan bo’lgan qutiylar chek qo’yganlar. Lagash hokimlari qutiylar yordamiga tayanib boshqa shaharlar ustidan ma’lum darajada hukmronlik qildilar.
Qutiylar Mesopotamiyada yuz yilga yaqin hukmronlik qilganlar. Er. avv. 2109-yil qutiylar Ur podshosi Utuxengal tomonidan tor-mor qilinadi va III Ur sulolasi hukmronligi boshlanadi.