Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


§. Xo‘jaliklararo yer tuzishning huquqiy asoslari



Download 1,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/130
Sana31.07.2021
Hajmi1,79 Mb.
#134397
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130
Bog'liq
Ер ҳуқуқи ўқув қўлланма (лотин алифбосида)

3§. Xo‘jaliklararo yer tuzishning huquqiy asoslari 
Yer  tuzishning  amaliyotda  eng  ko‘p  uchraydigan  turi  xo‘jaliklararo  yer 
tuzishdir.  Xo‘jaliklararo  yer  tuzish  yer  uchastkalarini  joylashtirishning  qulay  va 
oqilona  tartibini  tanlash,  ularni      yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar  va 
mulkdorlarga  ajratib  berishda  maqsadga  muvofiqlikni  ta’minlash  hamda  yer 
uchastkalariga  bo‘lgan  ma’muriy-hududiy  va  egalik,  foydalanish,  mulk  huquqini 
yaxlitlash kabi masalalarni hal qilish uchun amalga oshiriladi. 
Xo‘jaliklararo  yer  tuzish  yer  egalari,  yerdan  foydalanuvchilar  va 
mulkdorlarning yer uchastkalari joylashishining mukammalligini  ta’minlaydi, yer 
egalari, yerdan foydalanuvchilar va yer mulkdorlariga yer bo‘lgan tegishli huquqni 
tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash uchun asos bo‘ladi. 
Xo‘jaliklararo yer tuzishni ushbu iboraning ma’nosiga  qarab, faqat xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar, ya’ni xo‘jaliklararo o‘rtasidagi yer tuzish deb, tushinmaslik 
kerak.  Zotan,  u  birgina  xo‘jaliklar  o‘rtasida  emas,  balki  ovullar,  qishloqlar, 
qo‘rg‘onlar,  tumanlar,  shaxarlar  va  viloyatlar    chegaralarini  amalda  belgilash 
(o‘zgartirish)  ishlarini  ham  o‘z  ichiga  qamrab  oladi.  Demak,  xo‘jaliklararo  yer 
tuzishning  ma’nosi  juda keng ma’noni anglatar eqan. 
Xo‘jaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi:  


62 
 
 
ovullar,  qishloqlar,  qo‘rg‘onlar,  tumanlar,  shaxarlar,  viloyatlarning 
chegaralarini  joyida belgilash; 
yerga  egalik  qiluvchilarni,  yerdan  foydalanuvchilarni,  ijarachilarni,  yer 
mulkdorlarini  yangitdan  tashkil  qilish,  ularga  yer  ajratish  va  mavjud  yer 
uchastkalarini qayta tartibga solish, ularning noqulay joylashuvini bartaraf etish; 
davlat  va  jamoat  ehtiyojlari  uchun  korxonalar,  muassasalarga  va 
tashkilotlarga yer olib berish loyihalarini tuzish; 
yer uchastkalarini joylashgan joyida ajratib berish, yerga egalik qilishga yoki 
foydalanishga huquq beruvchi yuridik hujjatlarni tayyorlash; 
yangi  yerlarni  o‘zlashtirish,  qishloq  xo‘jalik  yerlarini  yaxshilash,  tuproq 
unumdorligini  saqlash,  oshirish,  buzilgan  yerlarni  tiklash  (rekultivatsiya  qilish), 
tuproqni  suv va shamol  yeroziyasidan   saqlash, seldan,  yerni sho‘rlanishdan, suv 
bosishdan,  botqoqlanishidan,  qurib  qolishidan,  zichlanishidan,  ishlab  chiqarish 
chiqindilari, radioaktiv, kimyoviy moddalar bilan zaharlanishidan saqlash bo‘yicha 
loyihalar tuzish; 
barcha  yerlarni  ro‘yxatdan  o‘tkazish  va  foydalanmaydigan,  samarasiz 
foydalanilayotgan yoki maqsadga muvofiq foydalanilmayotgan yerlarni aniqlash; 
yer  resurslarini  baholash,  yerlardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish 
bo‘yicha yer tuzish hujjatlarini tayyorlash
yerlarni baholash (bonitetni aniqlash) bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish. 
Xo‘jaliklararo  yer  tuzish  bosqichma-bosqich  amalga  oshiriladi.  Bunda 
dastlab  tayyorgarlik  ishlari  ko‘riladi,  ya’ni  yer  uchastkasining    huquqiy  maqomi, 
tabiiy tavsiflari va unga egalik qilmoqchi yoki foydalanmoqchi  bo‘lgan sub’ektlar 
to‘g‘risida barcha  ma’lumotlar  yig‘iladi va o‘rganiladi.  Undan  keyingi  bosqichda 
tegishli loyiha tuziladi, ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Nihoyat, ohirgi bosqich  – 
tasdiqlangan  loyihani  joy  (natura)ga  ko‘chirish  va  yer  tuzish  hujjatlarini 
tayyorlash. 
Qishloq  xo‘jalik  korxonalari  bilan  noqishloq  xo‘jalik  (sanoat,  transport, 
enyergetika  va  h.k.)  korxonalari  ishtirokidagi  yer  tuzish  bir-biridan  farq  qiladi. 


63 
 
 
Qishloq  xo‘jalik  korxonalariga  yer  ajratishda  amalga  oshiriladigan  yer  tuzishda 
dehqonchilikka  yaraydigan  yerlarni  jalb  qilish  ko‘zda  tutiladi.  Noqishloq  xo‘jalik 
korxonalariga  yer  ajratishda  olib  boriladigan  yer  tuzishda  dehqonchilikka  yaroqli 
bo‘lmagan yerlarni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. 
Har xil xo‘jaliklar tashkil qilish loyihalarini tuzishda xoh u qishloq xo‘jaligi 
korxonasi  xoh  noqishloq  xo‘jaligi  korxonasi  bo‘lsin  yer  tuzish  ularning  texnik-
iqtisodiy  ma’lumotlariga,  tegishli  joydagi  atrof-tabiiy  muhit  ko‘rsatkichlariga, 
iqtisodiy sharoitga ishlab chiqarish tavsiflariga asoslanadi. 
Xo‘jaliklararo  yer  tuzish  natijasida  har  bir    xo‘jalikka  berilgan  yerning 
hajmi,  joylashgan  joyi  yer  uchastkasining  boshqa  ko‘rsatkichlari    va  ular 
faoliyatini tezkorlik bilan rivojlantirish  uchun asos bo‘lib xizmat qilishi  kerak. 
Xo‘jaliklararo  yer  tuzish    loyihasi  chizma  va  yozma  ko‘rinishidagi 
hujjatlardan iborat bo‘ladi. 
Chizma  qismi  loyihani  mazmunini  ko‘rsatdaigan  bitta  yoki  bir  nechta 
tarxlardan iborat bo‘ladi. 
Yozma  qismi  yerdan  foydalanuvchi  xo‘jalikni  tashkil    qilinishi  bo‘yicha 
davlat  organlarining  tegishli  hujjatlari,  yerga  egalik  qiluvchilar,  yerdan 
foydalanuvchilar  va  tashkilotlar  huquqlari  to‘g‘risidagi  hujjatlar,  loyihaning 
tegishli  tomonlar  bilan    kelishilganligi  to‘g‘risidagi  hujjatlar,  tushuntirish  xatlari 
hamda xo‘jaliklararo yer tuzish loyihasini asoslash bo‘yicha sonlik ma’lumotlardan 
iborat bo‘ladi. 
Ishlab  chiqilgan  xo‘jaliklararo  yer  tuzish  loyihasi  tasdiqlangandan  so‘ng  
joyiga ko‘chiriladi. Undan keyin  yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchilarga 
tegishli  hujjatlar  tayyorlanib  topshiriladi.  Bu  hujjatlarning  tarkibi,  topshirilish  va 
saqlanish tartibi normativ hujjatlar bilan  belgilanadi. 
Xo‘jaliklararo  yer  tuzish  loyihasi  loyiha  tashkilotining  Ilmiy-texnika 
Kengashida  ko‘rib  chiqilgandan  so‘ng  viloyat  hokimi  tomonidan  tasdiqlanadi. 
Yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  yer  ajratish  to‘g‘risidagi  loyihalar  qonunda 


64 
 
 
ko‘rsatilgan  tartibda  vakolatlar    doirasida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasi, viloyat, tuman va  shaxar hokimliklari tomonidan  tasdiqlanadi. 

Download 1,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish