58
(xo‘jaliklararo yoki ichki xo‘jalik) yoki qaratilmaganligi (istiqbolli, loyihaoldi) va
boshqa jihatlari bilan farq qiladi.
Yer tuzish ishlari davlat byudjeti hisobidan bajariladi. Qishloq xo‘jalik
yerlarini tashkil qilish, yerlarni yaxshilash hamda muhofaza qilish, yeroziyaga
qarshi melioratsiya tadbirlarini moliyalashtirish yuridik va jismoniy shaxslar
hisobidan bajarilishi mumkin.
Yer tuzish tartibida yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan
bog‘liq boshqa loyihalar ham ishlab chiqilishi mumkin.
Yer tuzish tarkibida topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo,
geobotanika jihatdan tarixiy-madaniy va boshqa yo‘nalishlarda
tekshirishlar hamda
izlanishlar olib borish nazarda tutiladi.
Yer tuzishga taalluqli bo‘lgan ishlarning bajarilishini yer tuzish jarayoni deb
yuritiladi. Yer tuzish jarayonida barcha amaliy, bir-biriga bog‘liq, bir-birini taqozo
etadigan protsessual harakatlar bajariladi.
Yer tuzish jarayoni deganda, alohida yer tuzish harakatlarini bajarishning
umumiy tartibi tushiniladi. O‘zbekistonda yer tuzish quyidagi belgilardan iborat:
yer tuzishni o‘tkazish to‘g‘risida
ariza berish;
yer tuzish loyihasini tayyorlashga oid tashkiliy ishlar;
yer
tuzish loyihasini tayyorlash;
loyihani ko‘rib chiqish va uni tasdiqlash;
loyihani naturaga (joyning o‘ziga) ko‘chirish;
yer tuzish hujjatlari va matyeriallarini rasmiylashtirish va berish;
yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan yer tuzish
loyihalarining amalga oshirilishi ustidan yer tuzishning tarkibiy qismi bo‘lgan
mualliflik nazoratini olib borish.
Yer tuzish loyihasini tuzish o‘zining mazmuni va ahamiyati jihatidan yer
tuzish jarayonining asosiy bosqichi hisoblanadi. Chizma (loyiha rejasi) va matn
qismlaridan iborat bo‘lgan yer tuzish loyihasi bu bosqichda asosiy yuridik hujjat
hisoblanadi. Loyihada yer tuzish ob’ektining xususiyatlari inobatga olingan holda
59
yerdan foydalanish iloji boricha oqilona va samarali foydalanish iqtisodiy
asoslantiriladi va ishlab chiqiladi.
Yer tuzish loyihalari tegishli yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar
ishtirokida va vakolatli davlat organlarining tasdig‘idan so‘ng belgilangan
namunadagi chegara belgilari bilan yer uchastkasi va dalaning chegaralari
ko‘rsatilgan holda naturada (joyning o‘ziga) o‘tkaziladi. Yer tuzish tartibida
belgilangan hududni tashkil etish mulkdorlarga, yer egalariga, yerdan
foydalanuvchilarga va ijarachilar uchun majburiy hisoblanadi.
Loyihani tasdiqlash bosqichi yer tuzish jarayonlarining bajarilishi va
loyihani natura(joyning o‘zi)ga o‘tkazishni amalga oshirishga asos bo‘lib, loyihani
tasdiqlagan davlat organining qarori (farmoyishi) hisoblanadi.
Tasdiqlangan yer tuzish loyihasi chegaralarini belgilash orqali natura
(joyning o‘zi)ga ko‘chiriladi. Yer tuzish loyihasini naturaga ko‘chirishda
manfaatdor mulk egalarining vakillari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar
qatnashadilar. Bajarilgan ish belgilangan tartibdagi akt va ko‘chirish
chegaralarining ish chizmalari ilova qilingan holda rasmiylashtiriladi.
Tasdiqlangan va naturaga o‘tkazilgan yer tuzish loyihalariga asosan
mulkdorlarga, yer egalariga va yerdan foydalanuvchilarga yerga nisbatan mulk
huquqi, yerga egalik qilish huquqi va yerdan foydalanish huquqi davlat
guvohnomalari (aktlari) beriladi. Shuningdek loyiha hujjatlari va boshqa yer tuzish
hujjatlari ham beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: