Al ning misli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida misning miqdori 4-5% bo’lib, qolgan qismi boshqa elementlardan iborat bo’ladi. Bu qotishmalarni quyilish xossalari pastroq bo’lib, darzlar hosil qilishiga moyilrokdir. Shu sababli bu qotishmalardan (AL7 va AL69), unchalik katta bo’lmagan oddiy shaklini quymalar (armaturalar, kronshteynlar) tayyorlashda foydalaniladi.
Al ning mis kremniyli qotishmalari. (AL3, AL5, AL6) bu qotishmalarning xossasi I va II gruppa qotishmalarinikiga yaqinroq bo’ladi.
Al ning magniyli qotishmalari. Bu qotishmalarda magniyning miqdori 12% gacha b ulib, qisman boshqacha elementlar ham bo’ladi. Bu qotishmalarning ham quyilish xossalari pastroq bo’ladi. Lekin, korroziyabardoshhligi, mexanik xossalari pastroq bo’ladi. Lekin, korroziyabardoshhligi, mexanik xossalari va kesib ishlanishi yaxshi bo’lib, nam atmosfera sharoitida ishlaydigan quymalar olishda foydalaniladi.
Al ning murakkab tartibli qotishmalari. Bu qotishmalar tarkibida Cu, Ni, Cr, Zn, Mn, Ti va ma’lumki miqdorda boshqa elementlar bo’lib, bu qotishmalar yuqoridagi qotishmalardan puxtaligi, o’tga chidamligi va boshqa xossalari bilan farq qiladi. Masalan, bu gruppa qotishmalarning AL 1-markasidan porshenlar, tsilindr ust epmalai kabi detallar quyish yo’li bilan tayyorlanadi. Shuni ham kayd etish lozimki, ba’zan kukun metallurgiya yo’li bilan olinadigan alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Bunday qotishmalarni olish uchun Al -Al2O3 asosida olingan kukunlarga zarur elementlar qo’shib, ulardan olingan yarim mahsulotlar yuqori temperaturada qizdiriladi. Masalan, (bu gruppa qotishmalarining AL1) A00-2, AO20-1, AN-2,5 markalari nisbatan yuqori to gacha chidamliligi, antifriktsionligi bilan boshqa qotishmalardan farq qiladi. 55rasmda alyuminiy qotishmalarning mikrostrukturasi keltirilgan. Bunda reaktiv sifatida 10g NaJY ning 100sm3 suvdagi eritmasidan foydalanilgan.
Magniy qotishmalari:
Magniyning Al, Mn, Zn, Si va boshqa elementlar bilan hosil qilingan birikmalari magniy qotishmalari deyiladi. Bu qotishmalarning texnologik xossalarining yaxshiligi, korroziyabardoshhligi, yaxshi kesib
ishlanishi, solishtirma puxtaligi yuqoriligi sababli ulardan samolyotsozlik va asbobsozlikda foydalaniladi.
Magniy qotishmalar 2 gruppaga ajratiladi:
Deformatsiyalanuvchi qotishmalar.
Bu qotishmalarning GOST14957-76 ko’ra, MA-1, MA2, MA2-1, MA8 va boshqa markalari bo’lib, ulardan armutaralar, murakkab shaklli turli mahsulotlar tayyorlanadi.
Quyma qotishmalar: bu qotishmalarning ML1, ML3, ML5 va boshqa markalar bo’lib, murakkab shaklli quymalar olishda foydalaniladi.
Titan qotishmalari: Ti qotishmalari tarkibida Al, W, V, Mn, Mo, Cr va ma’lum miqdorda boshqa elementlar ham bo’ladi. Bu qotishmalarning korroziyabardoshhligi, yuqori va quyi temperaturalarda xossalarini saqlay olishi, plastikligini va boshqa xususiyatlari tufayli ular turli sohalarda keng qo’llaniladi. Ti qotishmalarining bosim bilan ishlanadigan VT4, VT6, VT14 markalaridan hamda VT5L, VT14L, VT21L quyma markalaridan turli xil detallar tayyorlanadi.
Antifriktsion qotishmalar:
Bu qotishmalar Sn, Pb, Cu, Al elementlari asosida olinib sirpanish podshipniklarining val bilan ishqalanish yuzalarini tayyorlashda (vkladishlarga quyish uchun) ishlatiladi. Shu sababli bu materiallar yetarlii darajada yuqori mexanik xossalariga ega bo’lishhi bilan birga val sirtiga moslashunivchan, ishqalanish koeffitsenti kichik, issiqlikni yaxshi o’tkazadigan, korroziyabardoshh hamda, o’zida moyni saqlay olish xususiyatiga ega bo’lmog’i lozim. Bunday qotishmalarga babbitlar, bronzalar, antifriktsion cho’yanlar va boshqa materiallar kiradi. Lekin bularning J ko’proq tarqalgani babbitlanadi.
Shuni kayd etish lozimki , bunday qotishmalarning puxta, nisbatan plastik va qovushhqoq asosida tayanch vazifasini o’taydigan qattiq qo’shimchalar bo’ladi. 20-jadvalda amalda ko’proq ishlaydigan antifriktsion qotishmalarning xili, kimyoviy tarkibi, qo’llanish sharoiti va ishlatilish sohasi keltirilgan.
Babbit - qalayga (Sn) - Pb, Zn yoki alyuminiyga Alga, silyon Se, mis Su, kadmiy Cg, miSyak As va boshqa metallar qo’shib tayyorlangan qotishmalar.
Antifriktsion - sirpanib ishqalanish sharoitida ishlovchi detallar tayyorlanadigan material.
Jadval-20.
Do'stlaringiz bilan baham: |