F = (Д-л1 Д 2 - d 2)[ MM 2 ]
U holda metallaning Brinell bo’yicha qattiqligi quyidagi ko’rinishni oladi.
Metallarning qattiqligini Rokvell usulida aniqlash uchun namunaga diametri Dq1,59 mm bo’lgan po’lat sharcha yoki uchidagi burchagi 120o olmos konusni botirish yo’li bilan aniqlanadi.
Uchlikda quyiladigan po’lat sharcha yumshoq metallarni qattiqligini aniqlash uchun, olmos konus esa qattiq materiallarni qattiqligini aniqlash uchun ishlatiladi.
Qattiqlikni o’lchash uchun Rokvell pressining sxemasi quyidagicha:
Rokvell pressining indikator tseferblatida ikkita shkala (qizil va qora) mavjud bo’lib, qizil (V) shkala orqali po’lat sharcha yordamida va qorasi (S) shkala orqali olmos konusni namunaga botirish orqali qattiqlikni aniqlashda foydalaniladi.
Qattiqlik soni NRV deb belgilansa po’lat sharcha, NRS deb belgilansa olmos konus, NRA deb belgilansa qattiqligi juda yuqori ekanligini bildiradi va qora shkaladan qaraladi.
Namunaga ta’siri ettiriladigan umumiy nagruzka (R) dastlabki nagruzka Ro bilan asosiy nagruzka (Ri) ning yig’indisiga teng, ya’ni RqRoQRi.
Vikkers usuli yordamida yumshoq metallarning ham, juda qattiq metallar va qotishmalarning ham qattiqligini aniqlashga imkon beradi.
Bu usulda namunaga uchidagi burchagi 136o bo’lgan turt ekliolmos piramida botiriladi. Bunda 5 kgdan 120 kG gacha nagruzka ishlatilishi mumkin. Hosil bo’lgan izning yuzi asbobning o’ziga o’rnatilgan mikroskop yordami bilan o’lchanadi.
Qattiqlik soni HV deb belgilanadi va quyidagicha aniqlanadi.
2Р a P
HV =—sin— = 1,8544—
d2 2 d2
bu yerda R - piramidaga berilgan nagruzka kG, d - izdagi ikkala diagonallarning o’rtacha arifmetik uzunligi (mm),
a - piramidaning qarama-qarshi qirralari orasidagi burchak bo’lib, u 136o ga tengdir. Bu usulda sinov ishlarini olib borish uchun 10, 50, 100, 200, 300, 500, 1000.. .1200N kattalikdagi nagruzkalardan foydalaniladi. Metallarning mikroqattiqligini sinash uchun PMT-3 asbobidan
foydalanib, olmos piramidaga 2 dan 200 G gacha nagruzka bilan
2
botiriladi va qattiqlik soni kGqmm bilan ifodalanadi.
Adabiyotlar: 3, 4, 5, 6, 7, 9, 13.
Sinov savollari:
Metallarda qanday xossalar mavjud?
Biz uchun eng kerakli bo’lgan xossalari qaysilar?
Sinashning qanday usullari mavjud?
Metallarning xossalariga qarab ishlatilish sohalari.
Mexanikaviy sinashlar nima?
Metallarning cho’zilishhi qanday sinaladi?
Proportsionallik qonuni deb nimaga aytiladi?
Oquvchanlik chegarasi nima?
Vaqtinchalik qarshilik nima?
Qoldiq uzayish nima?
Nisbiy uzayish, torayish qanday formula bilan aniqlanadi?
Metallarning qattiqligini sinash usullari?
Brinell usulida qattiqlikni sinash.
Rokvell usulida qattiqlikni sinash.
Vikkers usulida qattiqlikni sinash.
Material va metall namunalarini qattiqligini sinashdan maqsad nima?
Tayanch iboralar:
Asosiy xossalar (fizikaviy, kimyoviy, texnologik, mexanik), qattiqlik, mustahkamlik, qovushhqoqlik, oquvchanlik, mikroqattiqlik.
Test savollari:
Chiziqli kegayish koeffitsiyenti nima?
A) Harorat 1oC o’zgarganda namunaning 1mm uzunligiga to’g’ri keluvchi uzayishi uning chizig’i kegayish koeffitsiyenti deb ataladi.
V) Harorat namunaning 1 l uzunligi to’g’ri keladigan uzayishi.
S) Suyuqlanish haroratigacha qizdirganda namunaning uzayishi. 3.Metall yoki qotishmaning solishtirma issiqlik sig’imi deb nimaga aytiladi?
A)1 kg metall yoki qotishmani 1S ga isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdoriga
V) 1 kg metall yoki qotishmaning 10S ga isitish uchun zarur bo’lgan issiqlik miqdoriga
S) metall yoki qotishmaning isitishga sarflanadigan issiqlik miqdoriga
1 kg issiq metall va qotishmani sovutishdan chiqqan issiqlik miqdori
Uman metall va qotishmalarni isitishga sarflanadigan issiqlik miqdori
4.Solishtirma issiqlik sig’imining SI sistemasidagi birligi nima?
A) kgqm.grad V) jqkg.grad S) Vtqm.grad
j kgqj.grad
kgqj.grad
Metall yoki qotishmaning qizdirilganda o’zidan issiqlikni o’tkazish darajasi nima deb ataladi?
A) Issiqlikni sezish darajasi V) Issiqlik o’tkazuvchanligi S) issiqlik berish qobiliyati
issiqlikdan kegayish darajasi
Issiqlikdan hajmiy kengayadi.
Metall va qotishmalarning kimyoviy xossalariga nimalar kiradi?
A) Korroziya bardoshligi, elektr o’tkazuvchanligi
V) Kislota bardosh magnitaviy
S) Korroziya bardosh, olov bardosh, issiqbardosh
Solishtirma issiqlik sig’imi, reaksiyaga kirishish tezligi
Barcha magnitaviy va elektr xossalari
Metall yoki qotishmaning oz qattiqrok jismning botishiga qarshilik ko’rasatish xossasi nima deb aytiladi?
A) elashtikligi V) mo’rtligi S) plastikligi
cho’zuvchanligi
qattiqligi
Metall va qotishmalarning qattiqligini o’lchashning necha xil usullari mavjud?
A) Rokvell V) Brinell S) Vikkers
Rokvell, Vikkers, Brinel,
Nton, Guk
Brinel usulida metallar va qotishmalarning qattiqligi qanday aniqlanadi?
A) Namuna sirtiga diametri 2,5 yoki 5,10 mm li po’lat shar botiriladi V) Namunaga boshqa undan qattiqrok namuna botiriladi S) Namuna sirtiga o’tkir piramida botiriladi
Namunaga olmos konus botiriladi
Namuna press ostiga qo’yib aniqlanadi.
Brinel bo’yicha qattiqlik o’lchanib qaysi ifoda bilan aniqlanadi? A) FqPDh
Do'stlaringiz bilan baham: |