NAMANGAN TADBIRKORLIKNI TASHKIL ETISH TEXNIKUMIDA PSIXOLOGIK “YASHASH UCHUN 1001 SABAB” NOMLI O’TKAZILGAN TADBIR
A X B O R O T I Namangan Tadbirkorlikni tashkil etish texnikumini 1-bosqichning 10-ta guruhi o’quvchilari o’rtasida psixologik “YASHASH UCHUN 1001 SABAB ”nomli metodik tadbir o’tkazildi. O’tkazilgan metodik tadbirda guruhning barcha o’quvchilari ishtirok etishdi, metodikadan ko’zlangan maqsad ularni bir-birlari bilan tanishib olishlariga va o’rtalaridagi yotsirashni bartaraf etishdan iborat.Bu trening orqali jamoaga va guruhga tezda moslashishga erishiladi.O’quvchilarni kayfiyati ko’tariladi va stress va depressiya holatlarini oldi olinadi va bartaraf etiladi.
Psixologik metodik tadbirda texnikumning barcha o’quvchilari ishtirok etishdi unda o’quvchillar o’zlarining maqsadlari, orzulari va rejalarini yoritdilar. Texnikum o’quvchilarini psixologik holatini, qiziqishlarini bilish bilan bir qatorda ularning xarekterlarini namoyon qiluvchi bu metodik tadbirni texnikum psixologi N. Mansurova kuzatib taxlil qilib borildi.
Psixologik tominidan o’quvchilarga , metodika haqida tushuncha va yo’nalish berib borildi.
.Natijalarni esa taxlil qilish natijasida tajovuzkorlik va salbiy sifatlar aniqlanmadi. Shu bilan birga texnikumning quyidagi yo’nalishlar: Mexmonhona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish, buxgalteriya xisobi va audit,soliq va soliqqa tortish yo’nalishlari o’quvchilari o’rtasida “SHAXS IDROKINING ASSOSIATIV DARAJASINI ANIQLASH’’ metodikasi o’tkazildi. .Ularga avvalo metodikani o’tkazish tartibi haqida tushuncha berildi. Metodikani o’tkazish uchun varoqqa 5 qator ustun chizishni va gorizantaliga 6 qatorga ajtatishni ko’rsatib berildi nimalar yozish kerakligi tushuntirildi va ularga 20 daqiqa vaqt berildi
O’quvchilarga bu metodikaning validligi 90% ekanligini tushuntirildi bu metodikada ular katta qiziqish bilan qatnashishdi. Natijalardan va metodikaning validligidan qoniqishdi.Ushbu metodika orqali ularni hozirgi hayoti sokinligini hayotga va o’qishga qiziqishlari yuqori ekanligini har tomonlama yaqin insonlari borligi aniqlanadi.
Engil sanoat buyumlari konstruksiyasi va texnalogiyasi. Marketing yo’nalishi o’quvchilari o’rtasida esa “STRESSNI OLDINI OLISH” treningini o’tkazildi .Treningda guruhlarning barcha o’quvchilari faol ishtirok etishdi.
Namangan tadbirkorlikni tashkil etish texnikumida doimiy ravishda o’quvchilar bilan guruhlar kesimida turli hil psixologik tadbirlar, suxbatlar,metodikalar,treninglar o’tkazib borilmoqda va ularning ruhiy holatlari kayfiyatlari o’rganib borilmoqda.
Texnikum yoshlar ittifoqi yetakchisi: M. Ergasheva