Tоshkent «iqtisod moliya»


Marketing kommunikatsiyasi kompleksi (reklama, sotishni rag‘batlantirish, tashviqot, jamoa bilan ishlash, shaxsiy sotuv, bevosita sotuv)



Download 1,84 Mb.
bet145/186
Sana06.04.2022
Hajmi1,84 Mb.
#532506
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   186
Bog'liq
MARKETING

12.4. Marketing kommunikatsiyasi kompleksi (reklama, sotishni rag‘batlantirish, tashviqot, jamoa bilan ishlash, shaxsiy sotuv, bevosita sotuv)


Marketing tizimida kommunikativ jarayonlarni boshqarish:

  1. Kommunikatsiyalar va tovarlarni ilgari surish strategiyalarini ishlab chiqish samarali kommunikatsiyalar algoritmini asoslash.

  2. Hamkorlik, iste’molchilar va raqobatchilar bilan o‘zaro harakatlanishning samarali tizimini ishlab chiqish.

  3. Multimedia – kompaniyalarning optimal qarorlarini ishlab chiqish: reklama maqsadlarini tasdiqlash, reklama budjeti haqida qaror qabul qilish, reklama vositalarini tanlash, reklamaning samaradorligini baholash.

  4. Bevosita marketing dasturini ishlab chiqish, savdoni optimallashtirish va PR(Public Relations).

4P- (Mahsulot, Joy, Narx, Targ‘ibot).
Targ‘ibot – marketingning zamonaviy ko‘rinishi. Targ‘ibot (Promotion)Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi xaridorning xatti-harakati va fikrlashiga ta’sir etgan holda ma’lumot almashinuvi. Marketing menejerlarining asosiy vazifasi – mijozlar va ular guruhiga kerak mahsulot aynan qaysi joyda va ularga ma’qul narxni ma’lum qilishdir. Targ‘ibot (Promotion) - marketingning zamonaviy ko‘rinishi:

12.1- rasm.Targ‘ibot usullari
Targ‘ibot usullari:

  1. Shaxsiy (Personal Selling) sotish – sotuvchi va potensial xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni bildiradi. Shaxsiy sotish orqali sotuvchi darhol xaridorni fikrini bilib olish va keyinchalik qaror qabul qilishni osonlashtiradi. Ko‘p marketologlar shaxsiy sotishni tatbiq qilishda juda qimmat va murakkab hisoblaydilar.

  2. Ommaviy sotish (Mass Selling) – bir vaqtning o‘zida ko‘plab potensial xaridorlar bilan muloqotda bo‘lish. Odamlar gavjum joyda «ommaviy sotish»ning eng asosiy ko‘rinishlaridan biri. An’anaviy OAV-jurnal, gazeta, radio va TV hamda internet orqali xat yuborishni o‘z ichiga oladi. Reklama qilishda pul to‘lanadi, lekin «ommaviy sotish»ning boshqa ko‘rinishi publicity- oshkoralik «tekin».

  3. Sotish targ‘ibot qilish - (Sales promotion) – bu reklama qilish, ommaviy yoki shaxsiy sotishdan boshqa – mahsulotga mijozlarning qiziqishini orttirgan holda sotish hatti-harakatlari.



    1. rasm. Targ‘ibotni amalga oshiruvchi subyektlar



    1. rasm. Targ‘ibot (promotion) ni amalga oshiruvchilarning vazifalari

Biznesmen Richard Brenson Britaniya ishbilarmonlik maydoniga 1970 – yillarda o‘sha paytlarda yangilik (innovatsiya) bo‘lgan ovoz yozuvchi Virgin Records kompaniyasi bilan yorib kirdi. U boshqa hech kim nazariga ilmagan ijrochilar bilan shartnomalar tuzdi va o‘zining hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan marafonini boshladi. Virgin Records 1992–yilda Thorn-EMI kompaniyasiga deyarli 1 mlrd. doll.ga sotildi, biroq jamlangan daromadi 8 mlrd. doll.dan ortadigan 200 dan ortiq boshqa kompaniyalar tuzildi. «Virgin» nomi (darvoqe, bu Buyuk Britaniyadagi uchinchi eng obro‘li savdo markasi) va R.Brenson shaxsining o‘zi bilan turli xil tovarlar va xizmatlarni bog‘laydilar (samolyotlar, poyezdlar, moliyaviy mahsulotlar, yaxna ichimliklar, musiqali yozuvlar, mobil telefonlar, avtomobillar, vinolar, kitoblar, hattoki, to‘y liboslari ham). Ko‘p qirrali bu mahsulotlarga takliflar ham yetarli bo‘lishi bilan birga to‘langan puliga yuqori narxlardaligi, sifatliligi, innovatsiyalari, a’lo kayfiyat ulashishi, raqobatchilarni «ko‘zini o‘ynata olishi» bilan xarakterli. Virgin Group o‘zi uchun bozorlarda qoniqarsiz talablarni, to‘lov qobiliyatlariga ega ehtiyojlar va uncha faol bo‘lmagan raqobat qidirmoqda. «Biz ularni topganimizdan keyin Virginga raqobatchilar o‘zini yaxshiroq ko‘rsata olish imkoniyatlari tug‘iladi. Biz xaridorlarga ishonch, innovatsiya va do‘stona munosabatlar yetmagan joylarda ularni yetkazib beramiz», - deydi R.Brenson.
1998–yilda Brenson AQShda Virgin Cola kompaniyasini ochganda, u shaxsan Nyu-Yorkning Beshinchi avenyusini kezib chiqar ekan, hamma ertalabki yangiliklar dasturlariga intervyu berishga ham ulgurgan edi. 2002–yilda u Virgin mobil aloqa operatoriga xizmat ko‘rsatishi e’lon qilindi. 2004–yilda «Virgin Puclse» umumiy nomi bilan yuqori texnologik elektron qurilmalar seriyasi chiqarilishi munosabati bilan R.Brenson yana sahnada paydo bo‘ldi – bu NyuYorkdagi tungi klublardan birining sahnasi edi. Yaqinda Virgin Volvo bilan hamkorlikda tanlov e’lon qildi va uning bosh mukofoti Brensonning yangi «Virgin Galactic» kosmik kemasida kosmik parvoz bo‘ladi. Public Relations sohasidagi ushbu hamma faoliyat «Virgin» brendini haqiqiy baholash, Missiya: reklamaning maqsadi qanday; Pul: u qanday pul mablag‘larini iste’mol qiladi (talab qiladi); xabar: qaysi reklama xabarlarini xaridorgacha yetkazish kerak; Media: axborotlarni tarqatishning qaysi vositalari harakatlantirilishi zarur; Baholash: reklama natijalarini qanday baholash zarur; kabi savollarg javob topadi.

Download 1,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish