Tоshkent «iqtisod moliya»


Narxga oid bilimlar mazmuni



Download 2,07 Mb.
bet109/186
Sana22.06.2022
Hajmi2,07 Mb.
#692551
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186
Bog'liq
marketing kitob

10.1 – rasm. Narxga oid bilimlar mazmuni
Shunday qilib, narxga qiziqish, narx siyosatini bilish, narxga oid axborotlarga ega bo‘lish, narxga bog‘liq ruhiy holatlarning yuzaga kelishi ham amaliy jihatdan juda qiziq va tovarni sotilish hajmi korxona foydasiga bevosita ta’sir etuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi.
Narxlarni qabul qilish. Narxlarni xaridor tomonidan qabul qilinishi yuqori darajada subyektiv bo‘lib, u yoki bu darajada real voqelikdir.
Narx siyosati doirasida, narxlarning qabul qilish sohasida psixologiya nazariyalari, moslashish nazariyalari, assimetriya va kontrast nazariyasi, istiqbol nazariyalaridan foydalaniladi.
Narxlarni qabul qilish, deganda individum orqali narx haqidagi ma’lumotni sensorli ravishda qabul qilish tushuniladi. Natijada xaridor tomonidan ijobiy yoki salbiy, ruhiy holat yuzaga keladi. Narxlarni his qilish turli xaridorlarda turlicha namoyon bo‘lib, bir xil mahsulotga bir xaridorda uni sotib olish qarori shakllansa, ikkinchi boshqa pastroq narxdagi xuddi shunday tovarni qidirishga tushadi. Xaridor xulq–atvori juda ko‘p shaxsiy – ichki va tashqi omillarga bog‘liq.
Xarid qobilyati muhim omil hisoblanadi va narx hissiyotiga bevosita ta’sir etadi. Albatta puli ko‘p xaridor uchun xarid qilsh kam ta’minlangan, puli cheklangan xaridorga nisbatan juda oson va tez kechadi. U narxlarni bozor bo‘yicha o‘rganmasdan eng sifatli va qimmat tovarni tezda xarid qiladi va aksincha, puli cheklangan va oz pulga ko‘p narsa olishi kerak bo‘lgan xaridor arzon narxlarni qidiradi. Axir u barcha iste’mol ehtiyojini cheklangan holda bo‘lsada qondirishi kerak.
Fiziologik ehtiyojlarni qondirish birinchi navbatda turadi.
Narxni qabul qilishga bir necha omillar ta’sir ko‘rsatadi:

  1. Motivatsion (rag‘batlantiruvchi) omillar: shaxsiy ishtirok, ijtimoiy tan olinganlikka intilish sifati, qulaylikka, iqtisodiy jihatdan naflilik ko‘rsatkichlari iste’molchida rag‘batni (motivatsiyani) shakllantiradi.

  2. Kognitiv omillar: sifat jihatdan to‘g‘ri baholashga layoqatlilik, zehnning o‘tkirligi (axborotlarning ko‘pligi, narxga oid bilimlarga egalik), aqliy salohiyat, tajriba, sotuvchiga ishonch, o‘ziga ishonch, markaga sodiqlik va boshqalar.

  3. Vaziyatli omillar: narxni taklif etish usuli (shakli, narx strukturasi) to‘lov shakli, vaqt bosimi, raqobatchi takliflari va narxlari, xaridorning kopmleks muammolari, narxlarning o‘zgaruvchangligi, narx etiketkalarining mavjudligi, mahsulotni ishlatishdan maqsad, xaridorning xarid qobilyati, sotish joyi (Gipermarket yoki oddiy chakana savdo do‘koni) ning narx imiji.

Xaridorlarning xarid qobilyati va tovarga nisbatan ishonchliligi narxdan o‘zi uchun kerakli mahsulot yoki xizmatni sotib olishga tayyorligi ta’sir etuvchi determinantlar hisoblanadi. Potensial iste’molchilarni so‘rovnoma qilib ularning narxga nisbatan xaridga tayyorligi aniqlanadi. Shu bilan birga narx ostonasi ham aniqlanadi. Agar narx ostonasi yuqori darajadan o‘tib ketsa xaridor u tovarni sotib olmaydi. Individual xarid ehtimolligi nolga teng bo‘ladi.
Narxning absolyut quyi chegarasi xaridorda tovar sifatiga shubha uyg‘otadi. Natijada xaridorlar past narxdagi mahsulotni boshqa sotib olmaydilar. Xaridorlarning bunday xulq-atvori, ma’lum sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular juda arzon tovarni olib tavakkal qilishdan qo‘rqishlarini ko‘rsatadi.
Narxlarning uch turi (ostonasi) farqlanadi: silliq narxlar yaxlit raqam bilan tugaydi (masalan,75000 so‘m); yaxlitlangan narxlar ya’ni 63 ming 480 so‘m= 63 ming 500 so‘m; siniq narxlar ko‘pincha 9 raqami bilan tugaydi (32,999 so‘m).
Savdo do‘konlarida chegirmalar vaqtida yaxlit narxlar, juda oz kamaytirilib oxirgi raqamlari (5,999) bilan tugaydi. Masalan 6,800 turgan tovar (5,999 ga pasaytirilib) 5 raqami xaridor e’tiborini jalb qiladi, narx pasayibdi, deb xaridor shu tovarni sotib oladi.
Amalda har bir xaridor bunday narxlarga duch keladi. Raqamlar bir qarashda 1 birlikka kamayganday ko‘rinsada, aslida 0,5 – 0,7 birlikka kamaygan bo‘ladi.
Narx «ostonasi» samarasi quyidagilar bilan izohlanadi.

  • iste’molchilar narx shkalasini diskret kategoriyalarda o‘zlari uchun bo‘ladilar (masalan 5000 so‘m o‘rniga 4,899— beshdan kam).

  • iste’molchilar o‘zlarining subyektiv maksimal narxlarini yaxlit-langan raqamlarda belgilaydilar (masalan uchdan (3) past, 5 dan yuqori).

  • xaridorlarda yaxlit narxlardan ko‘ra siniq narxlarda tovar olganda iqtisod qildim, deb o‘ylaydilar.

  • birinchi raqamni iste’molchilar kuchliroq his etadilar. 10 o‘rniga, 9,95.

Shunga qaramasdan ba’zi tadqiqotchilar siniq narxlarning mahsulot sifatini xaridor tomonidan to‘g‘ri his etilishiga salbiy ta’sirini ko‘rsatadilar (imij - samara).
Siniq narxlarning shakllanishi bozor iqtisodiyoti amaliyotining mahsuli bo‘lib, iste’molchi xulq — atvoriga tez ta’sir ko‘rsatishi va supermarketlarda savdo aylanmasining keskin oshishiga olib kelishi amalda o‘zini oqlayapti (Korzinka.uz., Megaplanet, Makro va boshqalar).
Xaridor tomonidan narxning ijobiy qabul qilinishi uchun narx optikasi qo‘llaniladi. Narx optikasi, deganda sotuvchi tomonidan tovar narxi, reklamasi, narxni kelishish kabi chora – tadbirlardagi barcha urinishlar tushuniladi. Narxning iste’molchi tomonidan qabul qilinishiga turli omillar ta’sir etadi. Shu omillar ta’siri ostida xaridorning xarid xulq-atvori shakllanadi.
Iste’molchining xarid xulq-atvoriga quyidagi omillar turlicha ta’sir ko‘rsatadi.

  • komplekt uchun yagona (umumiy) narxning qo‘yilishi, uning har bir alohida qismi uchun qo‘yilgan narxga nisbatan ijobiy qabul qilinadi.

  • komplektga qo‘yilgan chegirma, uning har bir alohida qismi uchun qo‘yilgan chegirmada narx iste’molchi tomonidan yaxshiroq his etiladi.

  • mahsulotning naflilik darajasi ko‘rsatilganda uning har bir ingrediyentining foydaliligi ko‘rsatilsa iste’molchini ko‘proq jalb etadi.

  • soliq stavkalarining o‘sishi bilan narxlarning keskin o‘sishi, narxni o‘z-o‘zdan ko‘p marta oshirilganidan yaxshiroq his etiladi.

  • bir necha marta oz-ozdan narxning pasaytirilishi, bir marta ko‘p pasaytirilgandan ko‘ra xaridorga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

  • yuqori narxlarda tovarga kichik «sovg‘a» qo‘shib sotish ham iste’molchini o‘ziga jalb etadi (avtomat kir yuvish mashinasiga, dazmol yoki changyutgich qo‘shib berish, juda ham qiziqarli).

  • kreditga maishiy - texnika tovarlarini sotish.

  • naqd pul oqimi kamligida pul o‘tkazish yo‘li bilan, plastik kartochkalar orqali to‘lovni oshirish ham iste’molchini yetarli jalb qilish hisoblanadi.

Yuqoridagi narxlarning shakllanishi xususiyatlari bozor sharoitida iste’molchi xulq-atvoriga ta’sir etib, uning xarid qilish haqida qaror qabul qilishida muhim omil hisoblanadi.
Xaridorlarning narxdan yuqori darajada qoniqqanligi korxona marketingining bosh vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Xaridorlarning yuqori darajada qoniqishi korxona ishlab chiqarish hajmining o‘sishiga, foydaning ko‘payishiga olib keladi. Iste’molchilarning qoniqqanligini tadqiq qilishda, avvalo, tovarning iste’molchiga qanchalik foyda keltirgani, ya’ni naflilik darajasi bilan baholanadi. Bunday tadqiqotlarda tovar narxiga ikkinchi darajali sifatida qaraladi.
Iste’molchining narxdan qoniqqanlik darajasi modelini
10.2- rasmda ko‘rish mumkin.

Narxning qabul qilish natija bilan solishtirish

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish