Eron, Hindiston va O‘rta Osiyo meditsinasining farmatsevtika sohasidagi tajribalari birlashtirilgandir.
— san’at, mohirlik, ustalik va logos — ta’limot, bilim demakdir. «Dori texnologiyasi» — bu to‘g‘ridan to‘g‘ri dori
tayyorlash texnikasini mohirlik, ustalik va san’atkorlik bilan o‘rganish demakdir.
«Dori» — bu murakkab fizik-kimyoviy tizim bo‘lib, u o‘z ichiga dori moddasini va ularning farmatsevtik
omillarini olib, dorini kam dozada qabul qilganda yuqori terapevtik ta’sir ko‘rsatishiga va salbiy ta’siri kam
bo‘lishiga aytiladi.
«Dori shakli» deb bir yoki bir nechta dori moddalariga maxsus ishlov berib va uni bemor qabul qiladigan qulay
shaklga keltirilishiga aytiladi, ya’ni dori shakli bu dori preparatini tayyor holatga keltirib ishlatilishidir.
Masalan: borat kislota shtanglasda turganda — dori preparatidir, eritma yoki surtma dori ko‘rinishida — dori
shaklidir.
Dori shakli shifokor tomonidan yozilgan retsept asosida beriladi. Retsept bu shifokorning farmatsevtga yozma
ravishdagi murojaatidir. Retseptda dorini qanday qabul qilish ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Shifokor retsept yozishda shoshmasligi va juda ehtiyot bo‘lishi kerak. Retsept yozishda xatolikka yo‘l qo‘yilsa
bu og‘ir oqibatlarga hatto bemor o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shifokor va boshqa tibbiyot xodimlari retsept yozishda Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan tasdiqlangan
retsept yozish qoidalariga amal qilishlari shart.
Retseptning asosiy ahamiyati uning tibbiyotdagi rolidir. Shuningdek yuridik, texnologik va xo‘jalik (moliyaviy-
iqtisodiy) ahamiyatga egadir.
Retsept siyoh yoki sharikli ruchka bilan aniq va tushunarli qilib yozilishi lozim. Retseptga tuzatish kiritish man
etiladi. Retsept quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
Davolash muassasasining nomi, manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan Inscriptio — sarlavha ; Datum — retsept
yozilgan kun; Nomen aegroti — bemorning familiyasi, ismi sharifi va yoshi.
Nomen medici — shifokorning familiyasi va ismi sharifi.
Invocatio — shifokorning farmatsevtga murojaati.
Designatio materiarum — dori moddalarining nomi.
Subscriptio — dorini tayyorlash va berish haqidagi ko‘rsatma.
Subscriptio medici — shifokor imzosi va shaxsiy muhri.
Recipe (Rp;) — ol manosini anglatadi.
Basis — asosiy modda.
Adjuvans — dori ta’sirini kuchaytiruvchi yoki kamaytiruvchi qo‘shimcha moddalar.
Senga yana ma’lum bo‘lsinki, murakkab dorilar tarkibida asosiy qism (Basis) va asos vazifasini bajaruvchi
(Adjuvans) dorilar bo‘ladi va ularni tarkibdan chiqarilsa, dorining foydasi yo‘qoladi.
Corrigens — dorining mazasini yoki hidini yaxshilash maqsadida qo‘shiladigan moddalar.
Constituens — doriga ma’lum shakl berish uchun qo‘shiladigan moddalar (suv, qand, vazelin va boshqalar).
Retseptning dori tayyorlash qismida dorini qaysi shaklda berish haqida ko‘rsatma beriladi.
Signa, signetur — bemor dorini qanday qabul qilishi to‘g‘risidagi ko‘rsatma retseptda «S»
harfi bilan
ifodalanadi va mahalliy tilda yoziladi.
Ba’zan retseptda shifokor tomonidan ayrim belgilar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan «cito» — tez; «sittissime» —
tezroq; «statim» — darhol.
Ayrim dorilar uchun retseptlarni har gal qayta yozishga to‘g‘ri keladi. Bunda shifokor retseptni qayta
yozmasdan, retseptning o‘ng yuqori burchagiga «Repet» (Repetatur — qaytarilsin, takrorlansin) deb yozib qo‘yishi
mumkin.
Тarkibida narkotik moddalar va etil spirti saqlaydigan dorilar retseptiga bunday ko‘rsatmalar yozilmaydi,
aksincha yangi retsept yozib beriladi.
Retsept yoziladigan blanka nusxasi quyidagi tartibda bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: