Тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi» kafedrasining bir



Download 357,73 Kb.
bet65/79
Sana02.06.2022
Hajmi357,73 Kb.
#629793
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79
Bog'liq
Тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Do-fayllar.org

Ko‘z surtmalarini tayyorlash 
Ko‘z surtmalari, boshqa ko‘z dorilari kabi aseptik sharoitda tayyorlanadi. Ko‘z surtmalari tayyorlashda asosiy 

diqqatni asosga qaratish lozim. Ko‘z surtmasida ishlatiladigan asos neytral, steril, ko‘z shilliq qavatida bir xilda


tarqalishi lozim. 
Shifokor asosni ko‘rsatmasa, unda 1 g suvsiz lanolin va 9 g vazelinning «ko‘z surtmasi uchun» maxsus
aralashmasi ishlatiladi. Aralashma sterillangan bo‘lishi lozim (X DF, 720-bet). 
Vazelin va lanolin (1:9) aralashmasini ishlatishdan oldin uni issiq havo yordamida 180°C da 20 yoki 30 daqiqa
sterillanadi. 100 g asos — 20 daqiqa, 200—500 g asos — 30 daqiqa sterillanadi va steril idishda saqlanadi.
Ularga dori moddalari umumiy surtma dorilar tayyorlash qoidasiga asoslangan holda qo‘shiladi.
Suvda eriydigan preparatlar (alkaloidlar tuzi, azotli asoslar, protargol, rux sulfat, rezorsin, pirogallol) oz 
miqdordagi steril suvda eritilib, keyin surtma dori asosi qo‘shiladi.
Rp: Unguenti Sulfacyli-natrii 30% — 30,0 

Da. Signa. Ko‘z surtmasi.


30% sulfasil natriy surtmasi quyidagi tarkib bo‘yicha tayyorlanadi: 

Sulfasil natriy 30,0 g


Тozalangan suv 20 ml 
Suvsiz lanolin 20,0 g
Vazelin moyi 15,0 g 
Vazelin («ko‘z surtma dorilari uchun») 15,0 g
Yuqoridagi tarkibdan kelib chiqqan holda 9 g sulfasil natriy sterillangan 6 ml issiq suvda eritiladi. Eritma 

sovugandan keyin 6 g suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi. 4,5 g vazelin 4,5 g suyuq parafin (vazelin moyi) bilan


aralashtirilib, uni sulfasil natriyning lanolin bilan tayyorlangan aralashmasiga qo‘shib, bir xil surtma hosil 
bo‘lguncha aralashtiriladi. Тayyor surtma dori steril idishga solinib kerakli yorliq yopishtiriladi.
Ko‘zga ishlatiladigan suspenziya tipidagi surtma dori tarkibidagi dori moddalari alohida maydalik 
darajasiga ega bo‘lishi kerak.
Suvda erimaydigan yoki qiyin eriydigan dori moddalari (sariq simob oksidi, simob amidoxlorid, kseroform va 
boshqalar) juda mayda poroshok holatiga keltirilib, keyin yordamchi suyuqlikni quruq moddaga nisbatan 1/2 qism
miqdorida qo‘shib aralashtiriladi. 
Rp: Unguenti Xeroformii 0,5%—10,0 

Da. Signa. Ko‘z surtmasi.



Sterillangan hovonchada 0,05 g kseroform bir necha tomchi sterillangan vazelin moyi bilan eziladi. So‘ngra oz-


ozdan 10 g asos (1 g lanolin va 9 g vazelin aralashmasi) qo‘shib, kseroform asosda bir tekis tarqalguncha 
aralashtiriladi.
Suspenziya tipidagi surtma dori sifati XI DF, 2-Т, 146-betida ko‘rsatilgandek tekshiriladi. 
Ko‘z surtmasi sterillangan og‘zi keng va jips yopiladigan shisha idishga solinib, tegishli yorliq yopishtiriladi.
Surtma dori salqin joyda saqlanadi. 
Ko‘z dori shakllari dorixonada 2 kundan ortiq saqlanmaydi
(O‘z R SSV ning 2000 y, 21 aprel, 195-sonli buyrug‘i). 



Download 357,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish