Тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Dori turlari texnologiyasi» kafedrasining bir



Download 357,73 Kb.
bet15/79
Sana02.06.2022
Hajmi357,73 Kb.
#629793
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79
Bog'liq
Тoshkent Farmatsevtika institutining farmatsevtika fakulteti «Do-fayllar.org

HAB DORILAR (PILULAE) 

ТOPSHIRIQ: 


1. Hab dorilar tayyorlash: 

a) quruq ekstraktdan foydalanib;


b) quyuq ekstraktdan foydalanib. 
2. Quruq yordamchi modda qo‘shmasdan hab dori tayyorlash.
3. Alkaloid saqlovchi moddalar bilan hab dorilar tayyorlash. 
4. Kumush nitrat bilan hab dori tayyorlash.
5. Kaliy permanganat bilan hab dori tayyorlash. 
6. Gidrofob suyuqliklar bilan hab dori tayyorlash.
7. Hab dorini parchalanishini aniqlash (X DF, «Pilyuli» maqolasi). 


Hab dorilar — plastik massadan tayyorlangan sharsimon shakldagi, ichish uchun mo‘ljallangan, miqdori
taqsimlangan dori turidir. O‘rtacha og‘irligi 0,1—0,5 g gacha bo‘ladi. 
Shifokor tomonidan ko‘rsatma bo‘lmaganda 0,2 g dan tayyorlab beriladi. 0,1 g dan kam bo‘lsa, granula deyilib,
parrandachilik amaliyotida va 0,5 g dan ko‘p bo‘lsa, bolyuslar deb atalib, veterinariya amaliyotida qo‘llaniladi. Hab
dorilarni tayyorlanishi to‘g‘risida X DF da maxsus maqola keltirilgan («Pilyuli» 542-bet.).

Abu Ali ibn Sino davrida hab dorilar kulchalar kabi tarkibiga kiruvchi dorilarning ba’zilari yanchilgan, 

eriydiganlari eritilgan, so‘ngra hammasi aralashtirib hab dorilar yasalgan va to‘nkarilgan g‘alvir ustiga qo‘yib 

quritilgan. Odatda achchiq dorilar hab dori shaklida iste’mol qilingan. Chunki bu shaklda ularni yutish osonroq 

bo‘ladi. Hab dorilarning quvvati bir yilgacha saqlanadi. Agar ularning tarkibiga afyun qo‘shilsa, quvvati ikki 

yilgacha saqlanishi mumkin. Hab dorilarni bir ichimi o‘rta hisobda bir-ikki dirxom deb belgilangan. 

Kulchalar o‘z ta’siri va martabasi jihatdan elaki dorilar bilan ma’junlarning o‘rtasida turadi. Kulchalar 

tayyorlashda ularning tarkibiga kiruvchi dorilarning ba’zilari yanchiladi, eriydiganlari esa eritiladi, so‘ngra 

xammasi aralashtiriladi. 

Ma’jun— Ibn Sino tasnifiga muvofiq oshqozon-ichak sistemasini tozalaydi va shu xususiyati bilan tanani, 

badanni tozalash uchun ishlatiladigan dori turi bo‘lib, dispersion tasnifda dorilarning quruq aralashmasi holida, 

ma’lum shaklga solib quritilgan holda (draje) shaklida bo‘ladi. Yordamchi modda sifatida asal, sut va o‘simlik 

mevasi sharbatlari ishlatilishi ko‘rsatilgan.
Hab dorilarni tayyorlash quyidagi bosqichlarda boradi: 
a) dori moddalari tarozida tortiladi, maydalanadi va aralashtiriladi;
b) hab dori massasi tayyorlanadi; 
d) massa tayoqcha (qalamcha) shakliga keltiriladi;
e) tayoqcha (qalamcha) bo‘laklarga bo‘linadi; 
f) bo‘lakchalarga yumaloq (shar) shakli beriladi;
g) tayyor hab dori sirti qoplanadi yoki indifferent poroshoklar sepiladi; 

h) hab dori idishga solinib, so‘ng tegishli yorliq yopishtiriladi.


Hab dori tayyorlashda dori moddalarini aralashtirish poroshoklar tayyorlashning umumiy qoidasi bo‘yicha 
bajariladi. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar suvda yoki spirtda eritiladi. Agarda hab dori tarkibida suvda
yoki spirtda yomon eriydigan modda bo‘lsa, unda poroshok yaxshilab maydalanadi. 
Dori preparatlari aralashmasiga yordamchi moddalar qo‘shiladi. Yordamchi moddalarni tanlashda, ularni dorilar
bilan o‘zaro mutanosibliklarini hisobga olish kerak bo‘ladi. Dori moddasiga birinchi navbatda suyuq yordamchi 
moddalar (suv, glitserinli suv, suyuq ekstraktlar va hokazolarni) qo‘shish maqsadga muvofiqdir, bunda pastaga
o‘xshash yengil aralashma hosil qilinadi. So‘ng bunga kukunsimon yordamchi moddalar aralashtiriladi. 
Тayyor hab dori massasi — bu hovoncha devoriga va dastasiga yopishmaydigan xamirsimon, plastik massadir.
Hab dori massasi yumshoq bo‘lsa, unga kukunsimon yordamchi modda qo‘shiladi (o‘simlik kukuni, kraxmal, oq gil 
va hokazolar). Hab dori massasi qattiqroq bo‘lsa, yumshatish uchun dekstrin, suyuq ekstrakt, qand sharbati va
boshqa suyuq yordamchi moddalar qo‘shiladi. 
Тayyor hab dori massasi hovonchadan uning dastasi boshchasiga yig‘iladi va sellofan yoki pergament qog‘ozga
olinadi. Massa og‘irligi tarozida o‘lchanib pasport va signatura orqasiga yozib qo‘yiladi. 
Hab dori massasi hab dori mashinkasi stolida silindrsimon (tayoqcha yoki qalamcha) shaklga keltiriladi. Uning
uzunligi temir keskichning uzunligiga teng bo‘lishi kerak (25 yoki 30 ta bo‘lakka bo‘linadi). Hab dori tayoqchasi 
ikkita keskich oralig‘iga qo‘yiladi, ustki keskich yordamida oldinga va orqaga harakatlantirib, bir xildagi dumaloq
sharchalar kesiladi. 
Oq rangli hab dori massasi plastmassa keskichlarda kesiladi. Plastmassa keskich bo‘lmaganda, po‘lat yoki
alyumin keskichlar spirtda ho‘llangan paxta bilan quriguncha artilib ishlatiladi. 
Hab dori maxsus rolik yoki yog‘och taxtacha yordamida tashqi ko‘rinishi tekis, silliq sharsimon ko‘rinishga
keltiriladi. Тayyor hab dorini bir oz quritilib, unga likopodiy yoki oq gil sepiladi. 30 dona hab doriga sepish uchun 
0,5—1 g likopodiy yoki 1—2 g oq gil kerak bo‘ladi. Hab dori karton qutichaga yoki og‘zi keng shisha idishga
solinib so‘ng tegishli yorliq yopishtiriladi. Hab dorilarni tayyorlashda tozalikka qattiq rioya qilish maqsadga 
muvofiqdir.



Download 357,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish