Toshkent farmatsevtika instituti


-mavzu: Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari



Download 5,51 Mb.
bet145/410
Sana22.08.2021
Hajmi5,51 Mb.
#153332
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   410
Bog'liq
Микробиология мажмуа 2020-2021

5-mavzu: Tayyor dorilarning mikroflorasi va aniqlash usullari.


Mashg‘ulotning maqsadi:

Tinglovchilarni dori moddalarning mahsulotlarning mikroblar bilan zararlanishini oldini olishning usullari bilan tanishtirish.



Tayyorlanish uchun savollar

1. Dori preparatlarining mikroblar bilan ifloslanish manbalari.

2. Dori vositalarini mikroblar bilan ifloslanishining oldini oldini olish yo‘llari.

3. Dorivor vostalarni ifloslanishini mikrobiologik nazorat qilish yo‘llari.

Dori moddalar va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi va uning o‘sib chiqishi uchun zarur bulgan shart-sharoitga bogliq bo‘ladi. Chunki o‘simliklar atrof muxitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari o‘simliklarning o‘z mikroflorasi xam katta axamiyatga ega: masalan, epifit (Erwinia herbicola, P. fluorescens) va fitopatogen (Erwinia, Pseudomonas, Xanthomonas, Coryhebacterium, Agrobacterium, aktinomitsetlar, ayrim zamburug‘lar). Axlatxona yoki avvaldan axlatlar tashlangan joylarda, shuningdek, sug‘oriladigan maydonlarda, mol boqiladigan yaylovlarda o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan patogen mikroorganizmlar ham bo‘lishi mumkin.

O‘simliklardan olinadigan dorivor xom-ashyolar bu maxsulotlarni yig‘ishtirib olish va tayyorlashning turli bosqichlarida— o‘simliklarni yig‘ish dastlabki ishlov berish, quritish, yanchish-maydalash, maxsus idishlarga joylashtirish, щuningdek, standart holatda saqlanish chog‘ida xomashyoni maydalash, dorivor kukunlarga aylantirish, briket, granul va tabletka holiga keltirish jarayonida ham urug‘lanishi mumkin.

O‘simliklardan olingan dorivor xomashyolar avvalo saklanish joyida namlikning belgilangan normadan oshib ketishi natijasida buziladi: namlik oshib ketsa, xomashyo tarkibida xar xil zamburug‘lar, chirituvchi, sellyuzalarni parchalovchi bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar paydo bo‘ladi. Mikroblar degradatsiyasi o‘simlik farmakologik xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi va zaharli moddalarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mikroorganizmlar dorivor xomashyolarni zararlash orqali dori-darmonlarning xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi. Chunki dorivor moddalardan ferment chiqishi, mikrobli og‘ular yoki pirogenlarning hosil bo‘lishi natijasida ular o‘ta zaharli holatga kelib qolishi xam mumkin.

Dorixonalarda tayyorlanadigan dori-darmonlar va tibbiy moddalariing mikroflorasi qanday bo‘lishi quyidagi sabablarga bog‘liq bo‘ladi:

1) xomashyo turi, uning tarkibidagi mikroorganizmlar uchun ozuqabop moddalariing miqdori yoki aksincha ularning antimikrob faolligi, ilk zararlanish darajasi.

2) dorivor xomashyo tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tabiati.

3) tayyorlash texnologiyasi (nastoy, qaynatma, harorat, vaqt hajm va x. k.)

4) saqlash shart-sharoitlari.

5) dorixonaning sanitariya-gigienik sharoitlari.

. Mikroorganizmlar turli yo‘llar bilan dori moddalarga tushishi mumkin. Masalan, mahsulotga suv yoki xavo orqali o‘tishi idishlar, dorixona xodimlarining qo‘llari, shuningdek, analiz noto‘g‘ri qilinganda, ayniqsa organoleptik tekshiruv chog‘iida xam o‘tib kolishi mumkin.

Dori-darmonlar va dorivor maxsulotlarning mikroorganizmlar bilan zararlanishining oldini olish va ularni zararlanishdan saqlash uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak:

1) mikroorganizmlarga shikast yetkazmagan holda ashyodan foydalanish;

2) dori moddalar va xomashyolarni zarur namlik, harorat va tozalik qoidalariga rioya qilgan holda to‘g‘ri saqlash;

3) tashqi muhitdan mikroorganizmlarning tushishini istisno qiladigan dori tayyorlash shart-sharoitlariga amal qilish (xonalarni dezinfeksiya qilish, sterillangan idishlardan foydalanish va h. k.);

4) xonalari, asbob-uskunalari, idish, kiyimlarning to‘la-to‘kis tozaligiga, shuningdek, shaxsiy gigienaga rioya qilish;

5) dori-darmonlar va dorivor xomashyolar qayta-qayta ishlatilganda ham zararlanmaydigan qilib, yaxshilab o‘ralgan bo‘lishi kerak;

6) agar bir necha marta foydalanishga mo‘ljallangan dori mahsulotlari tarkibida bakteriyalarga chidamsiz moddalar mavjud bo‘lsa (qand, oqsil moddalar va h k.), u holda bunday dorilarga konservant qo‘shilishi lozim. Dorivor xomashyo va tayyor dori formalari turli xil mikroorganizmlardan tashkil topishi mumkin. Dorivor vositalarni mikrob bilan ifloslanishini aniqlash quyidagi tekshirish yo‘llariga bo‘linadi.

1) Dorivor vositalarning antimikrob ta’sirini aniqlash.

2) Antimikrob ta’siriga ega bo‘lmagan dorivor vositalarni mikrob bilan ifloslanishini aniqlash.

3) Bakteritsid ta’sirga ega bo‘lgan antibiotiklarni ham kiritgan holda dorivor vositalarni mikrob bilan ifloslanishini aniqlash.

O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalar va xom ashyolarning mikrob bilan zararlanishini ,tekshirib ko‘rishda quyidagi usuldan foydalaniladi: aseptik sharoitda sterillangan asbob yordamida tekshirib ko‘rilayotgan xomashyo yoki dorivor moddadan 1 g olib, ichiga 5 ml natriy xloridning izotonik eritmasi solingan sterillangan probirkaga solinadi. So‘ngra shuttel uskunasida 10 minut davomida chayqatiladi. Aralashmadan 1 ml ini olib, 1:10 yoki 1:100 nisbatda suyultiriladi. Eritmalarning xar biridan namuna olib ozuqa muhiti bilan to‘ldirilgan Petri kosachasining tubiga ekiladi. Zamburug‘ va achitqilarning o‘sishini aniqlash uchun Saburo muhiti yoki suslo-agardan foydalanilsa, bakteriyalar GPA da aniqlanadi. Bunda ko‘ngildagidek natija olish uchun bir necha kosachaga parallel holda namunalarni ekish va mikroorganizmlar koloniyalarining o‘sib chiqishini kuzatish kerak.

Termostatda inkubatsiya kilingandan keyin (zamburug‘ va achitqilar —24°S, bakteriyalar —37°S) o‘sib chiqqan mikroorganizmlar koloniyalari hisoblab chiqiladi va o‘rganilayotgan namunadan olingan eritma xarakterini hisobga olgan holda mahsulotning (1 g li tarkibidagi) mikroblar bilan zararlanish darajasi aniqlanadi.

2. Test-kultura — Ye. coli, P. aeruginosa, S. aureus. To‘rtta probirka olinadi, xap biriga 10 ml dan yig‘ma ozuqa muhitidan solinadi. So‘ngra 1:1000 nisbatda suyultirilgan test-kulturasining bir sutkalik test kultura bulonidan 0,1 ml dan qo‘shiladi. Probirkalarning bir qismiga 1 ml dan sterillangan suv, boshka qismiga esa o‘rganilayotgan preparatdan (1 g yoki 1 ml) qo‘shiladi. So‘ngra tajriba differensial-diagnostika ozuqa muhitidan foydalangan holda quyida ko‘rsatilgan tartibda davom ettiriladi.

Antimikroblik xususiyatiga ega bo‘lmagan dori vositalarning mikroorganizmlar bilan zararlanishini aniklash

Bakteriyalarning umumiy miqdorini aniqlash.

1 ml preparat 1:10 nisbatda suyultiriladi. Ikkita probirkaga 0,1% li glyukoza qo‘shilgan GPA dan 4 ml dan I solib, (eritilgandan keyin 45—50°S gacha sovitilgan 0,1% glyukozali GG1A ga), o‘rganilayotgan preparatning eritmasidan 1 ml qo‘shiladi. Ular yaxshilab aralashtirilib Petri kosachalariga xuddi o‘sha ozuqa muhitidan 15—20 ml solib, qotirib quyilgan bo‘lishi kerak. Keyin ana shu probirkalardagi aralashmani kosachalarga qo‘yiladi. Kosachalar tez-tez chayqatilib, aralashma muhit yuzasiga teng yoyiladi va yupqa qatlam xosil qilinadi. Aralashma kosachadagi muhit ustida qotgandan keyin 37°S issiqlikda 5 sutka davomida o‘stiriladi. Keyin kosachalarda o‘sib chiqan bakterial koloniyalar hisoblab chiqiladi va har ikkala kosachadagi koloniyalarning o‘rtacha miqdori aniqlanadi. Shundan keyin 1 g (ml) o‘rganilayotgan mahsulot tarkibidagi bakteriyalarning umumiy miqdori aniqlanadi. Olingan natijalar aniq va puxta bo‘lishi uchun kamida 300 ta koloniya o‘sgan kosachalarni o‘rganishda chiqarilgan xulosalar hisobga olinadi. Agar koloniyalar miqdori haddan ortiq ko‘payib ketsa, u holda suyultirish nisbati yanada orttiriladi (1:100,1:1000 va k.) va har xil eritmalardan namuna olib, maxsus muxitga ekiladi.

Bakteritsid ta’sirga ega bo‘lgan antibiotiklarni qo‘shgan holda dorivor vositalarni mikroblar bilan ifloslanishini aniqlash.

Antibiotik eritmasini tayyorlagach, o‘sha zahotiyoq uni to‘rtta membran filtrdan o‘tkazib tozalash kerak. Bunda har bir filtrdan 250 ml eritma o‘tishi kerakligiga aloxida ahamiyat berish lozim. Shundan keyin filtrlar har biri 100 ml dan bo‘lgan erituvchi suyuqlikning besh porsiyasi bilan yaxshilab yuviladi. So‘ngra filtrlar quyidagi ozuqa muhitlari qo‘yilgan Petri kosachalariga joylashtiriladi: .

a) mikroorganizmlarning umumiy miqdorini aniqlash uchun GPA solingan idishga quyiladi. Bunda GPA ga inaktivator qo‘shiladi. Ekma 37°S issiklikda 3 sutka davomida inkubatsiyalanadi;

b) mog‘orli va achitqili zamburuglarning umumiy miqdorini aniklash uchun o‘rganilayotgan material namunasi Saburo muhitiga ekiladi. Bu ekma 24°S issiqlikda 5 sutka davomida inkubatsiyalanadi;

v) ichak gruppasiga mansub mikroorganizmlarni aniklash uchun o‘rganilayotgan preparat Endo muhitiga ekiladi, GPA singari bu muhitga ham inaktivatorlar qo‘shiladi. 37°S issiklikda 3 sutka inkubatsiyalanadi;

g) patogen stafilokokklarni aniklash uchun prepratni inaktivatorlar aralashtirilgan qondan agarga ekiladi. 37°S issiklikda 3 sutka davomida inkubatsiya qilinganidan keyin kondan bo‘lgan agarda hosil bo‘lgan stafilokokklar koloniyalarining atrofida gemoliz zonalari paydo bo‘ladi.

Tarkibida antiboitiklar bo‘lgan tabletkalarning suspenziyalarini yonma – yon qo‘yilgan uchta Petri kosachasining ichidagi agarli muhit yuzasiga shpatel bilan ekib chiqiladi. Har bir kosachaga 0,2 ml preparat quyilishi kerak.


6-Mavzu: Sanitar ko‘rsatgichli mikroorganizmlarni aniqlash. Aptekada sanitar bakteriologik nazoratni ahamiyati.



Download 5,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   410




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish