Bu virusni bemorning najasidan elektron mikroskop yordamida topish mumkin. virus 32-34 nm hajmga ega. genomi 1 ipli musbat rnk dan iborat. virus ko’pgina xususiyatlari bilan gepatit a virusiga va kolsi viruslariga o’xshaydi. lekin ularning oilasiga kirmaydi.
Kasallikning patogenezi.
Kasallikning asosiy manbai kasal odam. Kasallik suv orqali tarqaladi. Kasallik fekal-aral yo’l bilan yuqadi. Ko’pincha 15-30 yoshdagi odamlar kasallanadi. Kasallik homilador ayollarda og‘ir kechadi.kasallik gepatit A singari epidemiya holida tarqalib har 7-8 yilda qaytalanib turadi. Markaziy Osiyo davlatlarida kasallik ko’proq uchraydi.kasalikning inkubatsion davri 14 kun, kasallikning klinik belgilari gepatit A ga o’xshash, lekin bunda asta-sekin rivojlanadi. Homilador ayollar ichida ushbu kasallikdagi o’lim 10-14% ni tashkil qiladi. Kasallikning og‘ir kechishi homilaga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada har ikki homiladan 1 tasida bola o’lik tug‘iladi.