Sitoplazma. Bakteriyalarni sitoplazmasi bakteriyalarni hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan kolloid matriksdan (DNK, ribosoma, granulalar) va kolloid fazadan (eruvchan fermentlar, RNK, t RNK, mRNK) iborat.
Osmotik bosimni bakteriya xujayralarida shakllantiradi.
Bakteriyalarni oziqklanishida va nafas olishida qatnashadi.
Bakteriyalarni bo‘linishida va spora hosil qilishida qatnashadi.
Bakteriyalarning SM si buralib sitoplazmaga kirib mezasomalarni xosil qiladi.
Genotip sitoplazmada xalqasimon DNK ko‘rinishida nukleoid deb ataladi, yoki bakterial xromasoma deb yuritiladi. Bakteriyani quruq og‘irligini 2-3% tashkil qiladi. Ribosomalar - bakteriyalarda 700C tipida uchraydi, sitoplazmada sochilib yotadi. Ularni soni 500 dan 50000 gacha bo‘lishi mumkin.
Zahira granulalari. Oraliq oshiqcha metabolitlar bo‘lishi mumkin, polisaxarid, (kraxmal, glikogen) yog‘lar (triglitserinlar, mumlar) polifosforitlar (volyutin) bo‘lishi mumkin. Ba'zi bakteriyalarda valyutin kiritmalari stabil bo‘lib identifikatsiyada qo‘llaniladi.
Oqsillar: bakteriya quruq vaznini 50-80% ni tashkil qiladi. Bakteriya hujayralarida juda ko‘plab oqsillar uchraydi, bu oqsillar bir-birlaridan aminokislotalar tarkibi bilan farqlanadi.
Yog‘lar: 1,4% dan 40% bo‘lishi mumkin. Ko‘pchilik hollarda yog‘lar boshqa moddalar bilan birikib murakkab birikmalarni hosil qiladi (lipoproteinlar, lipopolisaxaridlar).
Uglevodlar: 12%dan 28%gacha bo‘lishi mumkin, uglevodlar ko‘pincha hujayralarning devorida uchraydi.
Bakteriyalarni mineral tarkibi.
Bakteriyalarni turiga bog‘liq va 1,3%dan 13,8% bo‘lishi mumkin, bo‘larga kiradi: fosfor, natriy, kaliy, magniy, temir, mis, kobolt va b.
Spiroxetalar xemogeterotrof hujayralar bo‘lib, o‘zlariga tuzilishiva harakatlari bilan tubdan boshqa bakteriyalardan farq qiladi. Hujayraning shakli spiralsimon bo‘lib, o‘ta bukiluvchandir. Spiroxetalarning o‘zunligi 5-500 mkm bo‘lib, tanasining diametri nihoyatda ingichkadir -0,6-0,1 mkm.
Shuning uchun ham spiroxetalar bakteriyalar ushlanib qoladigan bakterial filtrlardan o‘tib ketadi. Spiroxetalarning tanasini diametri juda kichik bo‘lganligidan oddiy mikroskoplarda ko‘rish juda qiyin, shuning uchun fazoli kontrast mikroskopida yoki qorong‘ilashtirilgan maydonda ko‘rish mumkin:
Spiroxetalarning to‘zilishida 3 ta asosiy komponentlari bor:
Protoplazmatik silindr.
O‘qsimon fibrilla.
Tashqi qobiq.
Nukleoid-DNK.
Protoplazmatik silindrning ustidan o‘q ip fibrilla aylanib o‘rab turadi. O‘q ipning bir uchi xujayraning bazal membranasiga - blefaro- plastlarga birikkan bo‘lib, ikkinchi uchi esa erkin holatda turadi. O‘q ip fibrillani soni spiroxetalarning turiga bog‘liqdir.
Spiroxetalar tashqi muhitda keng tarqalgan: suvlarda, odam va hayvon organizmining normal mikroflorasida va boshqa joylarda saprofit holda uchrashi mumkin. Spiroxetalarning patogen turlari ham uchrab bo‘larga zahm, qaytalanma tif, leptospiroz qo‘zg‘atuvchilari kiradi. Spiroxetalarning 5ta avlodi tafovut qilinadi.
Spiroxeta, kristaspira, treponema, Borreliya, Leptospira.
Spiroxetalar oddiy ko‘ndalang bo‘linish yo‘li bilan ko‘payadi. Spora va kapsula hosil qilinmaydi. Spiroxetalar ba'zi ta'sirlar natijasida mutsinsimon qobiq bilan o‘ralib sistalar hosil qiladi. Sista organizmda o‘zoq yashaydi.
Rikketsiyalar oraliq hujayralar bo‘lib, o’zlarining hujayrasining tuzilishiva ko‘payishi bilan bakteriyalarga yaqin turadi. Yashash muhitlari bilan esa viruslarga yaqin turadi. Rikketsiyalar faqat hujayraning obligat paraziti bo‘lib hayot kechiradi. Rikketsiyalar shakli bo‘yicha har-xil to‘zilishga ega: tayoqchasimon, ipsimon, tarmoqlangan. Rikketsiyalar harakatsiz' bo‘lib spora hosil qilmaydi. Rikketsiyalarning talaygina turlari odamda rikketsioz kasalligini chaqiradi.
Rikketsiya hujayralar ham DNK, ham RNK o‘zida tutadi. (1:3,5) hujayra tashqi tomonidan hujayra devori bilan o‘ralgan bo‘ulib, o‘zida muram kislotasini tutadi va lizotsimga juda sezuvchan hisoblanadi.
Rikketsiyalar tirik hujayra ichida o‘sadi, ko‘payadi, hayvon to‘qimasida, tovuq embrionida o‘stirish mumkin. Rikketsiyalar xususiy modda almashinishga ega, lekin ular metobolitlarni qabo‘l qilish (yutish) va metabolitlarni chiqarishni regulyatsiya qilishga ega emas, bu esa hujayra yo‘zasining o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi natijasida bo‘ladi.
Rikketsiyalar transmissiv infeksiya hisoblanadi, ular bitlar va kanalar orqali odamga yuqadi.
Zdrodovskiy ularni quyidagi shakllarga ajratadi:
Kokksimon (sharsimon) -kattaligi 0,5 mkm gacha
Tayoqchasimon, ikki donachali (1-1,5 mkm)
Ipsimon, litsellyar, ko‘p donachali (10 mkm -40 mkm)
Batsillyar -3-4 donachali (3-4 mkm)
Rikketsiyalar Romanovskiy - Gimze usulida kokksimon shakllari pushti-qizil rangga, tayoqchasimon shakillari esa, yashil rangda bo‘ladi. Asosan rikketsiyalar Zdrodovskiy usulida bo‘ladi. Bu usul Sil-Nilsen usulining ozgina o‘zgartirilgani bo‘lib bunda HCl (xlorid kislotasi) ishlatiladi. Rikketsiyalar bu usulda qizil rangga, ular yashayotgan xujayralar esa, metil ko‘kida bo‘yaladi. Rikketsiyalarni Morozov usulida xam bo‘yab o‘rganamiz, bunda ular jigar rangni o‘ziga oladi.
Xlamiydiyalar obligat xujayra ichidagi organizmlar bo‘lib, har xil xlamidioz kasalliklarning ko‘zatuvchisi hisoblanadi. Bo‘larga troxoma va ornitoz kiradi. Traxomada ko‘zda yallig‘lanish jarayoni ketadi, ornitozda esa pnevmoniya keltirib chiqaradi.
Xlamidiyalar dumaloq formada (0,30-0,45 mkm) 50-500 nm kattalikda bo‘ladi.
Makrofagda va retikuloendotelial hujayralarda uchratishimiz mumkin. Xlamidiyalar o‘zida DNK va RNK tutadi va o’zlaridan murom kislotasi, folievaya kislota, D-alaninlar ajratib chiqaradi. Xlamidiyalar faqat tirik xujayrada o‘sadi, ularni tovuq embrionida , to‘qima kulturasida o‘stirish mumkin. Gr (-) bo‘yaladi.
Rivojlanishda 3 ta stadiya tafovut qilinadi.
mayda elementlar tanachalar xosil bo‘lishi 0,2-0,4 mkn. O‘zida nukleoid gepatit materialini va ribosomalar tutadi. 3 qavat qobiq bilan o‘ralgan.
Birlamchi tanachalar hosil bo‘lbo‘lishi va ribosomalar elementlar o‘zo‘zida tutadi. Bo‘linish yuli bilan ko‘payadi.
Z.Oralik stadiya - birlamchi va elementlar tanachalar xosil bo‘lishi stadiyasi urtasidagi stadiya bo‘lib, bunda birlamchi va elementlar tanachalar tafavut kiladi.
Birlamchy tanachalar vegetativ funktsiyani bajaradi.
Romanovskiy-Gimza usulida buyab, lyuminestsent va elektron mikroskoplarda urganish mumkin.
Aktinomitsetalar mitseliyali mikroorganizmlar bo‘lib, asosan tuproqda uchraydi.
Aerob nafas oluvchi, Gr (Q) bo‘yaladi.
Aktinomitsetlar nomi - nursimon zamburug‘-Aktinomiyces bovis so‘zidan olinib aktinomikoz kasalligini keltirib chiqaradi. Oddiy oziq muxitlarda yaxshi o‘sadi. Aktinomitsetlar mitseliyalar xosil qiladi va spora x-kdi. Bundan tashkari aktinomitsetlar giflar x-kdi.
Streptomiyces avlodiga kiruvchi streptomitsetlar kiradi, bularni mitseliyalari har doim saqlanib qoladi. Ba'zi avlodga kiruvchi
Aktinomitsetlarni mitsyoliyalari parchalanib tayoqchasimon hujayralarga aylanib qoladi.
Streptomitsetlardan antibiotik streptomitsin olinadi. (Streptomiyces griseus)
mukos – zamburug’. actis- nur} 1 - xujayrali mikroorganizmlar.
Aktinomiycetalis qatori va oilasiga kiradi. Genetik funksiyani nukloid bajaradi. Mitseliya ipchalarida xromatin donachalari bo‘ladi. Fak, anaerob. Oddiy oziq muxitda o‘sadi. Qattiq oziq muhitlarda xavoli mitseliylar bo‘ladi. To‘qimada yiringli oqma yara hosil qiladi. Kontakt yo‘l bilan va og’iz orqali ovqatlardan yuqadi.
Mikoplazmalar Mollicutes (yumshoq teri) sinfiga, Micoplasmaceae oilasiga kiradi. Juda mayda 100-200 nm polimorgf mikroorganizmlardir. Bular o’zlari mustaqil ko’payish xususiyatiga ega. Ularda xujayra devori bo‘lmaydi. Faqat 3 qavatli sitoplazmatik membranasi bo‘ladi va tashqi tomondan kapsulaga o‘xshab o’rab turadi. Bularning genomi bakteriyalarning genomidan m: E. coli genomidan 4- marotaba kichik, lekin mustaqil ko’payish xususiyatiga ega. Sitoplazmada kiritmalar, ribosomalar, DNK va RNK bo‘ladi.
Mikoplazmalar birinchi marotaba yirik shoxli qoramollarda plevropnevmoniya keltirib chiqarganligi aniqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |