3.12.-rasm. Raqobatsiz a-ingibitor ta’sirining sxemasi (simob ionlari) va b-
fermentning reaktivlanish mexanizmi
Ammo bu kompleksdan mahsulot hosil bo`lmaydi. Sianidlardan zaharlanish mexanizmi raqobatsiz ingibirlanishga asoslangan. Ular geminli ferment - sitoxromoksidazani katalitik qismidagi uch valentli temir bilan mustahkam bog`lanadilar. Natijada nafas olish zanjiri funktsiyasi to`xtaydi va hujayra halok bo`ladi. Fermentlarning raqobatsiz ingibitorlari qatoriga og`ir metallar va ularning organik birikmalari kiradi. Shuning uchun simob, qo`rg`oshin, kadmiy, mishyak kabi og`ir metallarning ionlari juda zaharli. Ular katalitik qismidagi SH - guruhlarini bog`lab, ferment faoliyatini cheklaydi. Ferment - ingibitor kompleksi substratni biriktirishi mumkin, ammo katalitik guruhlar band bo`lganligi sababli substrat keyingi o`zgarishlarga berilmaydi. Raqobatsiz ingibirlanishda substratni ortiqcha miqdori raqobatli ingibitorlar singari ferment ta`siridan xalos etmaydi, faqatgina ingibitorlarni bog`lay oladigan moddalargina yordam berishi mumkin. Bunday moddalarga reaktivatorlar deyiladi.
Og`ir metallar oz miqdorda raqobatsiz ingibitor bo`la oladi, miqdori ortsa inaktivator bo`lib, denaturatsiyalovchi modda singari ta`sir etadi.
Raqobatsiz ingibitorlardan farmakologik vositalar sifatida, qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi kurashishda zaharlovchi moddalar va harbiy maqsadlarda qo`llaniladi. Undan tashqari zaharlanganda ulardan ferment ingibitor
114
kompleksining reaktivatorlari yoki zaharga qarshi moddalar sifatida foydalanish mumkin. Barcha SH - tutuvchi komplekslar, (sistein, dimerkaptopropanol), limon kislotasi, etilendiamintetrasirka kislota reaktivatorlar qatoriga kiradi.
Raqobat qilmaydigan ingibirlanish. Raqobat qilmaydigan ingibirlash deb faqat ferment substrat kompleksiga ingibitorning birikishidan yuzaga keladigan fermentativ reaktsiyani tormozlanishiga aytiladi. Raqobat qilmaydigan ingibitor substratsiz sharoitda ferment bilan bog`lanmaydi. Bundan tashqari, ingibitor substratni fermentga bog`lanishini yengillashtiradi, so`ngra o`zi bog`lanib, fermentni ingibirlaydi. Bu ingibirlashning kamdan-kam uchraydigan shakli hisoblanadi.
E+S+I → ES+I→ESI
Substratli ingibirlanish. Substratli ingibirlanish fermentativ reaktsiyada substratni ortiqcha miqdorda bo`lishi natijasidagi tormozlanishdir. Bunday
ingibirlanish katalitik o`zgarishga berilmaydigan ferment substrat kompleksi hosil bo`lishida yuzaga keladi. ES2 kompleksida mahsulot hosil bo`lmaydi, chunki ferment molekulasi substratga o`ta to`yinishi oqibatida ferment faolligi kamayadi. Substratli tormozlanishda substrat miqdorini kamaytirish yo`li bilan ferment faolligini qayta tiklash mumkin.
+2S→ES2
Ferment faolligini allosterik boshqarilishi.
Allosterik boshqarilish deb allosterik effektorlar bog`lanishi uchun muhim bo`lgan regulyator markazlarga ega, to`rtlamchi strukturali fermentlarning alohida guruhlariga aytiladi. Fermentning faol markazida salbiy effektorlar substratlar o`zgarishini tormozlaydigan – allosterik ingibitorlar vazifasini bajaradi. Ijobiy allosterik effektorlar esa, aksincha fermentativ reaktsiyani tezlashtiradi, shu sababli ular allosterik faollashtiruvchilarga kiradi. Fermentning allosterik effektorlari
ko`pincha turli xil metabolitlar, metall ionlari, kofermentlar bo`lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda substrat molekulalari ferment allosterik effektorlari
vazifasini bajarishi mumkin. Bunday fermentlarda faol markaz allosterik
effektorlarga o`xshash. Allosterik effektorlarda fermentlardagi kabi katalitik qism
bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |