Raqobatsiz ingibirlanish. Raqobatsiz ingibitorlar fermentlarning substrat bilan bog`lanishiga emas, uning katalitik o`zgarishiga ta`sir ko`rsatadi. Raqobatsiz ingibitor fermentning faol markazidagi katalitik guruhlar yoki boshqa qismi bilan bevosita bog`lanib, fermentning substrat bilan o`zaro ta`sirlashishiga xalal beradigan darajada katalitik markaz strukturasiga ta`sir etadi. Raqobatsiz ingibitorni raqobatli ingibirlanishdan farqi quyidagi formula bo`yicha uch tomonlama kompleks hosil bo`ladi:
113
E+S+I → ESI
Do'stlaringiz bilan baham: |