Xlorofillproteidlar – hayvonlardagi temir porfirinlardan farqli o`laroq o`simliklarda magniy porfirinli komplekslar mavjud bo`lib, ular o`simliklar barglariga yashil rang beradi. Bunday pigmentli komplekslar xlorofill deb ataladi. O`simliklar barglarida A va B, suv o`tlarida yana C va D turlari mavjud.
O`simliklarda xlorofillar oqsillar bilan kompleks hosil qiladi va fotosintez reaktsiyalarida ishtirok etadi.
Metalloproteidlar. Metalloproteidlarga oqsildan molekulasidan tashqari bir yoki bir nechta metall ionlari saqlovchi biopolimerlar kiradi. Metalloproteidlar orasida ferment va ferment bo`lmagan vakillari mavjud. Fermentli
metalloproteidlar: dipeptidaza, karboangidraza, karboksipeptidaza
alkogoldegidrogenaza metallofermentlari tarkibida rux; tirozinaza, sitoxromoksidaza tarkibida mis; ATF aza tarkibida magniy, kaliy, kalsiy saqlaydi. Metallofermentlar tarkibidagi metallar oqsillar bilan kovalent bog`lar hisobiga murakkab komplekslar hosil qiladi. Metallni yo`qotilishi fementning faolsizlanishiga olib keladi.
Tarkibida temir bo`lgan metalloproteid – transferrin ferment faolligiga ega bo`lmay tashuvchilik vazifasini bajaradi..
Ferritin – yuqori molekulali suvda eruvchi oqsil, undagi temir miqdori 17 % dan 23% gacha. U asosan, qora taloq, jigar va miya ko`migida uchrab, organizmda temir deposi vazifasini bajaradi.
Transferritin – suvda eruvchi temirprotein, glikoprotein, qon zardobidagi β-globulinlar tarkibida aniqlangan, molekulasida 2 atom temir saqlaydi. Transferrin organizmda temirning fiziologik tashuvchisi hisoblanadi.
Tarkibida mis saqlovchi oqsil - seruloplazmin qon hosil bo`lishida ishtirok etadi va boshqa mis saqlovchi oqsillar sintezini ta’minlaydi.
Ba’zi metalloproteidlar gemoglobin vazifasini bajaradi, masalan gemostianin, gemeritrin, gemovanadin. Gemostianin (grek.haima – qon va kyanos
– ko`kimtir) qonga havo rang tus beradi va u mollyuskalarda uchraydi. Tarkibida kislorodni biriktiruvchi mis ioni oqsil qismining subbirliklari bilan bevosita bog`langan. Misning har ikki ioni bir molekula kislorod bilan bog`lanadi.
Gemeritrin ham temirproteid bo`lib, chuvalchanglarda aniqlangan. Gemeritrin molekulasi oqsilning 8 ta subbirligidan tashkil topgan bo`lib, o`zaro
temir ioni bilan bog`langan. Gemeritrinning ikki atom temiri bir molekula
kislorodni biriktiradi.
Kislorodni biriktiradigan yana bir metalloproteid – gemovanadin, bitta
subbirlikdan iborat, bog`lovchi guruh sifatida vanadiy ioni ishtirok etadi.
Vanadiyning har bir atomi bir molekula kislorodni bog`laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |