Androstan steroid gormonlari – S19 steroid androstanning unumlari. Ularni ham ∆4 - 3 ketosteroidlar, kortikosteroidlar va progestinlardan farqi 17 β - holatda 17 β - oksikortikosteronda oksiguruhining borligidir. Bu guruh o`ziga xos gormonal faollikni belgilaydi. 17 β - oksi guruhsiz androgenlarni gormonal faolligi namoyon bo`lmaydi, asosiy androgen gormon-testosteron.
Testosteron strukturasini birinchi bo`lib, David (1935) aniqlab bergan.
Testosteronning hosil bo`ladigan va sekretsiya qilinadigan asosiy joyi urug`donning interstatsial hujayralari. Kamroq miqdorda tuxumdon, yo`ldosh va buyrak usti bezlarining po`stloq qismida ham sintezlanadi.
Testosteron periferiyadagi nishon to`qimalarida 5 α - reduktaza ta`sirida o`ziga nisbatan kuchliroq androgenlik faollikka ega bo`lgan 5 α - digidrotestosteronga (5 α - androstanolon) aylanadi. Testosteron erkaklik jinsiy apparatini stimullash bilan birga, kuchli anabolik ta`sirga ega, ya`ni mushak, buyrak, jigar va bachadonda oqsil sintezini oshiradi. Gormonning anabolik ta`sirini hisobga olgan holda androgenli xossalarini pasaytirib, organizm to`qimalarida oqsillar sintezi, o`sish protsessi va gemopoezni stimullovchi preparatlar yaratildi (masalan, verobol, retabolil) va ular tibbiyot va chorvachilikda qo`llanilmoqda.
435
Estran steroid gormonlari – S18 - steroid estranning unumlari. Hayvon organizmining asosiy estrogen gormoni - estradiol (E2) - ayollik jinsiy gormoni, ikkilamchi ayollik jinsiy belgilari rivojlanishini ta`minlaydi. Gormon tuxumdonlarda, sut emizuvchilar yo`ldoshida (bir oz miqdorda urug`donlarda ham) hosil bo`ladi. Undan tashqari ushbu organlar to`qimalarida boshqa estrogen steroidlar ham sintezlanadi: estron (follikulin, yoki E1), estriol (E3), shuningdek, otlarda ekvilin, ekvilinin, estradiol va estriol androgenlardan periferik to`qimalarda (miya, yog` to`qimasi, jigar va boshqalarda) hosil bo`lishi mumkin. Estron gormoni o`simliklarda, bakterial hujayralarda ham topilgan. Estrogenlar kimyoviy strukturasini o`ziga xos belgilari - steroid molekulasining 18 a`zoli uglerod asosi, A halqaning aromatizatsiyasi va 3 – holatda oksiguruhning bo`lishi. A halqaning bunday strukturasi estrogenlar va ularning hujayra retseptorlari orasidagn effektiv o`zaro ta`sirini ta`minlaydi.
Hozirgi vaqtda bir qator antigormonal ta`sirga ega sintetik antiestrogenlar klomifen va boshqalar sintezlangan.
Xolestan steroid gormonlari - xolesterin, o`t kislotalari, vitamin D3 va ekdizonlar guruhi - hasharotlar va qisqichbaqasimonlar gormonlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |