Qalqonsimon bez (grandula thyrioidea) - toq organ, bo`yinning o`rta qismi, kekirdak ostida joylashgan. Bezning follikulalarida 2 xil gormon– tiroksin va triyodtironin ishlanadi. Ular energiya almashinuvi, oqsil sintezi, to`qimalar differentsirovkasi, organizmni o`sish va rivojlanishini boshqarishda ishtirok etadi. S - hujayralarida (parafollikulyar hujayralarda) sintezlanadigan kaltsitonin gormoni kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqaradi.
Qalqonsimon bez oldi bezi - 2-4 ta bo`lib, qalqonsimon bez yuzasida yoki ichki qismida joylashgan. Kaltsiy va fosfor almashinuvini boshqarishda ishtirok etadigan paratgormon ishlab chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |