Purin nukleozidlarining gidrolizidan siydik kislоtasini hosil bo`lishi
12.28. Pirimidin nukleozidlarini parchalanishi
Pirimidin nukleotidlarini fermentativ gidrolizi ketma–ketligini quyidagi sxemada keltirilgan
Pirimidin nukleotidlari parchalanishining boshlang`ich bosqichlari spetsifik fermentlar bilan katalizlanadi. Reaktsiyaning oxirgi mahsuloti – CО2, NH3,
mochevina, β-alanin va β-aminoizomoy kislota. Pirimidinlarni gidrolitik
parchalanishi β-alanin hosil bo`lishining asosiy yo`li bo`lib, keyinchalik anserin va karnozin sintezi uchun manba bo`lishi yoki siydik bilan chiqarilishi mumkin.
Ma`lumki, β-alanin hayvon to`qimasida keyinchalik so`nggi o`zgarishga uchraydi. Spetsifik aminotransferaza β-alanin va piruvatlar orasidagi transaminlanishni katalizlaydi. Ushbu qaytar reaktsiya jarayonida α-alanin va formilatsetat sintezlanadi (malat kislotaning yarim aldegidi).
Do'stlaringiz bilan baham: |