Yog` kislotalari oksidlanishining enеrgеtik balansi
Yog` kislotalarining β-oksidlanish jarayoni lipidlarning katta energetik ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Juft sonli uglеrod atomi saqlovchi yog` kislotalarining enеrgеtik qiymati quyidagicha hisoblanadi: agarda yog` kislota 2 n uglerod atomlari saqlasa, uning to`liq oksidlanishida n-molеkula atsеtil–KoA va
har siklda bir molekuladan FAD·H2 (FAD·H2= 2ATF) va NAD·H2 (NAD·H2 =3 ATF) jami 5 molekula ATF hosil bo`ladi. Nafas olish zanjirida FAD·H2 va NAD·H2 dan 5 molekula ATF, umumiy olganda 5(n-1) molekula ATF hosil bo`ladi. 1mol atsetil- KoA Krebs siklida parchalanganda – 12 molekula ATF, umumiy olganda 12 n molekula ATF hosil bo`ladi. 1molekula ATF yog` kislotaning faollanishiga sarf bo`lganligini e`tiborga olsak, 12 n – 1 molekula ATF hosil bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |