Knoop- Linen sikli bo`yicha yog` kislotalarning oksidlanishi
338
Toq sonli uglеrod saqlovchi yog` kislotalarining oksidlanishi
Toq sonli uglеrod saqlovchi yog` kislotalarining oksidlanishda, oddiy oksidlanish mahsulotlaridan tashqari bir molеkula propionil-KoA (CH3–CH2– CO~S–KoA) ham hosil bo`ladi. 1- reaktsiyani (1E) ferment – propionil-KoA karboksilaza; 2- reaktsiyani(2E) ferment –metil-malonil-KoA mutaza katalizlaydi.
Propionil–KoA ning karboksillanishi propionil-KoA karboksilaza ta`sirida, ATF ishtirokida sodir bo`lib, koferment sifatida karboksi guruhini tashuvchi biotin xizmat qiladi.
So`ngra propionil – KoA dan hosil bo`lgan metilmalonil–KoA metilmalonil–KoA–mutaza fermenti ta`sirida suktsinil – KoA gacha oksidlanadi. Oxirgi fermentning kofermenti vitamin B12 ning unumi dezoksiadenozilkobalamin. Hosil bo`lgan suktsinil–KoA so`ngra Krеbs siklida oksidlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |