8.11. Glikogenoliz – glikogenni parchalanishi
To`qimalar faoliyati uchun energiya talab etilganda glikogen glyukozaga parchalanadi. Mushak to`qimasidagi glikogen, jigardagi glikogenga nisbatan kechroq parchalanadi. Glikogenni parchalanishi to`xtovsiz kechuvchi jarayondir. Organizm uzoq vaqt och qolganda energetik manba hisoblangan barcha jigar glikogeni bir kecha kunduzda (24 soat) davomida glyukoza ko`rinishida iste`mol qilinadi. Glikogenni parchalanishi ikki xil yo`l bilan sodir bo`ladi.
1 – Fosforoliz yo`li
2 – Gidroliz yo`li
Uglеvodlar, ya`ni polisaхaridlar va monosaхaridlar, parchalanishi glikolizning birorta bosqichiga mansub bo`lib, uning yo`llari bo`yicha kechadi va laktat hosil qiladi. To`qimalarda glikogenning parchalanish jarayoniga glikogеnoliz dеb ataladi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |