Nafas olish zanjiri tashuvchilarining tavsifi. NAD∙H-degidrogenaza yoki flavoproteid-1 tarkibidagi koferment FMN NAD∙H dan vodorodni qabul qilib oladi. Ushbu flavinli ferment koferment Q dan elektron va protonlarni uzatishda ishtirok etuvchi temir va oltingugurtli oqsil bilan mustahkam bog`langan.
Temir va oltingugurtli oqsillarnafas olish zanjirining ikkinchi qismida
flavoproteid va koferment Q hamda va sitoxrom c1 oralig`ida elektron va protonlarni tashishda ishtirok etadi. Nafas olis zanjiridagi ikkala temir va
221
oltingugurtli oqsillar bir-biridan oksidlanish-qaytarilish potentsiallarining qiymati bilan farq qiladi. Bu oqsillar membrananing lipid qavatida joylashgan.
Koferment Qyoki ubixinon membrananing lipid qavatida joylashgan.
Membrana bo`ylab yoki ko`ndalang holda membranadan o`tishi mumkin.
Sitoxrom b turli shakllarga ega. Nafas olish zanjirida b562 va b566 sitoxromlari mavjud. Ular membrana lipid qismining ichki (matriks) tomonining tashqi yuzasi bilan tutashgan joyida kompleks hosil qiladi.