4.12. – rasm. Initsiatsiya bosqichining boshlanishi.
Faol bo`lmagan ribosoma va uning ikkita qismi:
P- peptidil; A- aminoatsil
mRNK ni 5¹-oxirining birinchi kodoni AUG yoki GUG. Bu kodonlar boshlovchi – initsiyatsiyalovchi kodonlar deb atalib, ribosomalardagi translyatsiya
har doim aynan ulardan boshlanadi. Bu kodonlarga antikodoni mos keladi. Eukariotlarda ikki turdagi metionil-tRNK bo`ladi. Ulardan biri doim initsiatsiyada ishtirok etadi, ikkinchisi esa elongatsiya jarayonida ishtirok etadi. Prokariotlarda oqsil biosintezi NH2 guruhi formil guruhi bilan blokirlangan formilmetionin-tRNK dan boshlanadi.
Bundan tashqari initsiatsiyada kamida uchta oqsilli faktorlar (F1, F2, F3) ishtirok etib, ular ribosoma va GTF ni tashkil etuvchi komponentlariga kirmaydi. Oqsilli faktorlar mRNKning kichik subbirlik va GTF bilan bog`lanishini yengillashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |