Yetilgan RNK larning yadrodan sitoplazmaga o`tishi. Prokariotlardan farqli o`laroq eukariotlarda yadro membranasi mavjud bo`lib, oqsil sintezi bo`ladigan joy – sitoplazma qismlariga tayyor RNKlar yetkaziladi. Hamma
yetilgan RNK lar yadrodan sitoplazmaga oqsillar bilan kompleks holatida o`tkaziladi va bu oqsillar RNK ni zararlanishdan himoya qiladi hamda tashilib o`tishini amalga oshiradi. mRNK o`ziga xos ―axborot tashuvchi‖ ma’nosini beradigan informofer oqsili bilan bog`lanadi. Bu oqsil bilan birga RNK aminokislotalardan oqsil sintezlanadigan yoki translyatsiya boradigan sitoplazma ribosomalariga yetkazilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |