4.8. – rasm. DNK replikatsiyasining sxemasi
DNK replikatsiyasi uchun quyidagilar talab qilinadi:
1) DNK yangi zanjiri uchun struktura materiali sifatida dezoksiribonukleozidtrifosfatlar (dATF, dGTF, dSTF, dTTF) bo`lishi kerak;
DNK qo`sh zanjirini yechilishi;
tomizg`i mavjudligi;
yangi DNK polinukleotid zanjirini sintezi va tomizg`i hosil bo`lishida ishtirok etuvchi fermentlar.
Prokariotlarda DNK replikatsiyasi mexanizmi.
Jarayonning har bir bosqichi maxsus fermentlar ishtirokida bajariladi.
Ajtratuvchi oqsillar DNK qo`sh zanjiri komplementar asoslari o`rtasidagi vodorod bog`larini uzadi. Natijada qo`sh zanjir yechilib, alohida zanjirlarga ajraladi. DNK ning yechilgan qismiga replikativ vilka (sanchqi) deb aytiladi. Uning hosil bo`lishida bir yo`la 200 molekulagacha ajratuvchi oqsillar ishtirok etadi. Replikativ vilkaning har bir shoxchasida yangi DNK sintezi boshlanishida 2000 gacha juftlashmagan asoslar qatnashadi. Ajratuvchi oqsillarning ta’sir
mexanizmi to`liq o`rganilmagan, DNK zanjirini ajralishida balki ATF energiyasi sarflanadi.
―Tomizg`i‖ DNK ga bog`liq (to’be bo`lgan) RNK polimeraza – odatda transkriptsiyada ishtirok etadigan fermentlar – RNK-polimerazalarning alohida varianti bo`lib, replikativ vilkadagi DNK ning komplementar qismida RNK
―tomizg`i‖ (―praymer‖) hosil qiladi. RNK-tomizg`ining sintezi 5¹ oxiridan 3¹ oxiriga qarab boradi. Nukleotidlarni RNK da joylashish tartibini DNK – matritsa belgilab beradi, nukleotidlarning 5¹→ 3¹ fosfodiefir bog`lari yordamida bog`lanishi RNK-polimeraza ishtirokida amalga oshadi.
3. DNK-polimerazalar. Prokariotlarda I, II va III turdagi DNK-polimeraza shakllari ma’lum. Ularning hammasi 2 turdagi: polimeraza va nukleaza faolligiga ega. Polimerazali faollik dezoksiribonukleotidlar orasidagi 5¹→ 3¹ fosfodiefir bog`larini hosil bo`lishida, nukleazali faollik esa fosfodiefir bog`larining gidrolizida qatnashadi.
DNK polimeraza I replikatsiyadagi RNK-tomizg`ini parchalab uning o`rnida DNK ning komplementar qismini sintezlaydi. DNK-polimeraza II juda past polimerazali faollikka ega, uning replikatsiyadagi vazifasi aniqlanmagan. DNK-polimeraza III replikatsiyaning asosiy fermenti bo`lib, DNK qo`sh zanjirining ajralgan zanjirida yangi DNK ning komplementar qismini 5¹→ 3¹ yo`nalishda sintezlaydi.
Ribonukleaza H. Replikatsiya davomida RNK-tomizg`ini gidrolizida DNK-polimeraza I bilan birga ishtirok etadi.
DNK-ligazalar (biriktiruvchi fermentlar). Yangi sintezlangan DNK qismlarini bir-biri bilan bog`lash vazifasini bajaradigan bir nechta fermentlar aniqlangan. DNK-ligazalar NAD+ dan adenilil manbai sifatida foydalanib, 3¹→ 5¹
fosfodiefir bo`g`larini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |