Replikatsiyaning molekulyar asoslari. Nazariy jihatdan DNK replikatsiyasining bir nechta variantlari (xillari) bo`lishi mumkin: 1) konservativ usulda DNK ning ―bola‖ qo`sh spirali ―ona‖ DNK zanjiridan ajralmaydi; 2) yarim konservativ usulda ―ona‖ DNK zanjiri ajralib, ularning har biridan ―bola‖ DNK
156
ning komplementar zanjiri hosil bo`ladi; 3) dispersiv usulda ―ona‖ DNK bir necha joyidan uziladi va undan DNK ning yangi zanjirlari hosil bo`ladi.
1957 yilda Meselson va Stal tirik organizmlarda DNK replikatsiyasi yarim konservativ mexanizm bo`yicha borishini aniqlashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |