Toshkent farmatsevtika instituti


Fermentlarning amaliyotda qo`llanilishi



Download 13,75 Mb.
bet103/476
Sana31.12.2021
Hajmi13,75 Mb.
#217587
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   476
Bog'liq
Biokimyo kitob-Odilov.

Fermentlarning amaliyotda qo`llanilishi. Enzimologiyaning jadal rivojlanishi kimyoviy reaktsiyalarni katta tezlik bilan o`tishini ta`minlaydigan omilni amalda kengroq qo`llanilishiga olib kelmoqda. Sanoatda fermentlar biologik xom ashyoni ishlashda (non yopish, vino, pivo pishirish, pishloq tayyorlashda, choy, tamaki, teri va mo`ynaga ishlov berishda, kulinariyada) keng qo`llaniladi. Keyingi yillarda kimyo - texnologiyada organik moddalarni
o`zgartirish (oksidlanish, qaytarilish, degidratatsiya, kondensatsiya, dekarboksillanish), reaktsiyalarini boshqarishda ham qo`llanila boshlandi. Fermentlardan sanoatda foydalanish tez rivojlanayotgan biotexnologiyaning markaziy qismi bo`lib, sanoat enzimologiyasi nomini oldi. Hozirgi vaqtda sanoatda rivojlanish (moddalarni sintez qilish, tozalash, ularni kimyoviy modifikatsiya qilish) birinchi navbatda fermentlarni qattiq organik yoki noorganik polimer tashuvchilarga kovalent bog`lar orqali ulanib, tayyorlangan shakllari - immobilizatsiyalangan fermentlarning qo`llanilishiga bog`liq. Ularlarni asosida bir qator aminokislotalar, klechatkadan kraxmal, turli farmakologik preparatlar, masalan prednizalon, juda shirin qandsiz modda aspartam va boshqalar olingan. Fermentlarni qattiq asosga bog`lab, harakatsiz qilish ferment turg`unligini oshiradi, o`ziga xosligini ta`minlaydi, qo`llanilishini osonlashtiradi va preparatlardan qayta-qayta foydalanish imkoniyatini tug`diradi.

130


Tibbiyotda fermentlar bir qator kasalliklarni, ayniqsa ayrim fermentlarning nasliy yetishmasligidan kelib chiqqan bemorlarni davolashda qo`llanilmoqda. Masalan, qonda sut shakari laktozadan hosil bo`ladigan galaktoza miqdorining
ortiqcha bo`lishi – galaktozemiya monosaxaridning o`zlashtirilishini katalizlaydigan β-galaktozidaza fermentining yetishmasligidan kelib chiqadi; ruhiy faoliyatning buzilishi bilan kuzatiladigan fenilketonuriya esa aminokislota - fenilalaninni oksidlab, tirozinga o`tkazuvchi tirozinaza fermentining faolligi yetishmovchiligiga bog`liq va boshqalar. Bu yo`nalish enzimopatologiya deb atalib, irsiy kasalliklarni davolash choralarini aniqlashda o`z o`rnini topdi.
Ikkinchisi qonda, siydikda, to`qima preparatlarida fermentlar miqdorini aniqlash orqali bemorga tashxis qo`yish va uni davolashda katta ahamiyat kasb etmoqda. Masalan: LDG va aminotransferazalar izofermentlarining qondagi miqdorini belgilash orqali yurak va jigar kasalliklarini bir-biridan ajratish, kasallik kechishini kuzatish – bu enzimodiagnostika yo`nalishiga asos bo`ldi. Quyida enzimodiagnostikada qo`llaniladigan qon zardobining asosiy fermentlari keltirilgan:














4-jadval
















N

Ferment

Kasallik






















1.

Aspartataminotransferaza

Miokard infarkti







2.

Alaninaminotransferaza

Virusli gepatit







3.

Amilaza

O`tkir pankreatit







4.

Seruloplazmin

Gepatolentikulyar

degeneratsiya

(Vilson







kasalligi)







5.

Kreatinfosfokinaza

Infarkt miokardi va mushaklarning og`rishi

6.

γ-Glutamiltranspeptidaza

Jigarning turli xil xastalikjlari




7.

Laktatdegidrogenaza

Miokardi infarkti







8.

Lipaza

O`tkir pankreatit







9.

Kislotali fosfataza

Prostata bezi kasalliklari




10.

Ishqoriy fosfataza

Suyak va jigarning turli xil kasalliklari.















131


Ayrim fermentlar, profermentlar me’yorda odamning qonida doimiy ravishda aylanib yuradi va ma’lum bir fiziologik vazifani bajaradi. Bularga plazmaning funktsional fermentlariga lipoproteidlipaza, psevdoxolinesteraza, shuningdek qon ivish sistemasining komponentlari kiradi. Funktsional bo`lmagan plazma fermentlarining qondagi vazifasi aniqlanmagan. Yuqori kontsentratsiyada plazmada paydo bo`lishi to`qima strukturasini tezlik bilan parchalanayotganlini bildiradi va ularni qondagi miqdorini aniqlash patologik jarayon qaysi organda
kechayotganligi haqida muhim diagnostik ma’lumotlarni beradi. Bunday fermentlar tashqi sekretsiya bezlari (pankreatik lipaza va amilaza; ishqoriy fosfataza o`t orqali; kislotali fosfataza prostata bezlari) orqali oddiy diffuziya yo`li bilan ajratiladi.
Ma’lumki, barcha irsiy kasalliklar DNK dagi o`zgarishlar natijasida kelib chiqadi. Genetik kasalliklarga tashxis qo`yish rekombinant DNK texnologiyasi yutuqlari asosida ancha rivojlandi. DNK fragmentlarini gibridlash yo`li bilan irsiy o`zgarishlarni prenatal skrining usuli ishlab chiqildi; shu maqsadda restriktaza fermentlari orqali amnion suyuqligidagi homila hujayrasidan ajratib olingan DNK kartasi tuziladi.
Uchinchisi enzimoterapiya - fermentlar va ularning modulyatorlari (aktivator va ingibitorlari)ni dori preparatlari sifatida qo`llash. Masalan,pepsin, tripsin, ximotripsin va ularning aralashmalari (abomin, ximopsin) ovqat hazm qilish kasalliklarini davolashda, shuningdek proteolitik fermentlarni kiritish bilan chandiqlarni so`rilishini tezlatish, fermentlar yetishmasligi bilan bog`liq nasliy kasalliklarni tashqaridan ferment preparatlari kiritib davolash va boshqalar. Proteinazalar bilan bir qatorda boshqa fermentlar, jumladan RNK aza, DNKaza, gialuronidaza, kollagenaza, elastazalar proteinazalar bilan birgalikda yoki alohida kuygan joylarni, yaralarni, shamollash o`choqlarini davolash, shish va gematomalarni yo`qotishda qo`llanilmoqda:

Download 13,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   476




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish