Qalqonsimon oldi bezi funktsiyasini buzilishi
Paratgormon yetishmovchiligi–gipofunktsiyasi – natijasidagi gipoparatireozda qonda va hujayralararo suyuqlikda kaltsiy miqdorining kamayishi sababli nerv-mushak sistemasida o`zgarishlar kelib chiqadi. Membranalar depolyarizatsiyasi (hujayra ichiga natriy ionlari ko`p kirishi) nerv va mushak hujayralarini qo`zg`aluvchanligi oshiradi. Gipoparatireozni davolashda kaltsiy yoki paratirin preparatlari, vitamin D ishlatiladi.
Giperfunktsiya. Giperparatireoz – qalqonsimon bez oldi bezi giperfunktsiyasi oqibatida suyakdan kaltsiyni mobilizatsiya qilinishi hisobiga suyaklarni o`z-o`zidan sinib ketishi kuzatiladi. Qonda kaltsiy miqdori ortib, fosfatlar miqdori kamayib ketadi. Kaltsiy turli organ va to`qimalar – tomir, buyrak, oshqozon-ichak yo`li, jigarda to`planib, kaltsifikatsiya rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |