Progestinlarda (gestagenlar) kortikosteroidlardagi kabi A halqaning ∆4 - qo`shbog`, 3-ketoguruh, yon zanjirida 20 – keto guruhlar bor. Progestinlarni kortikosteroidlardan farqi 21 va 11 – uglerod atomlarida kislorod funktsiyasi yo`q. Progestinlarni o`ziga xos gormonal faolligining namoyon bo`lishida 17 β - atsetil guruhi dominant vazifasini bajaradi. Asosiy gestagen gormon progesteron 1928 yilda Allen va Kornerlar tomonidan aniqlangan, uning kimyoviy strukturasini esa 1934 yilda Slott ta`riflab bergan. Progesteron bilan bir qatorda gestagenli funktsiyalarga tuxumdonlar va yo`ldosh tomonidan ishlab chiqariladigan 17 α - oksiprogesteron va 20-degidroprogesteron gormonlari ham ega.
Progestinlar - barcha umurtqalilarda ayollik jinsiy sikllari va sut emizuvchilarda homiladorlikni asosiy boshqaruvchisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |