Sulfatidlar yani sulfolipidlar – serebrozidlarning sulfatli unumlari, kationlarni nerv tolalari va membranalar orqali tashilishida ishtirok etadi. Shuning uchun ham sulfolipidlar nerv sistemasining normal elektr faoliyati uchun kerak.
Gangliozidlar. Gangliozidlar yuqori molekulali glikolipid bo`lib, tarkibida boshqa glikosfingolipidlarga nisbatan turli xil monosaxaridlardan tashkil topgan oligosaxaridlar bor. Qurilishidagi galaktozamin, sial kislota, sirka hamda neyramin kislotalari birikmasidan iborat. Neyramin kislotasi esa mannozamin va pirouzum
kislotasi unumi. Gangliozidlar miyaning kulrang moddasida, nerv hujayralarining plazmatik membranalarida ko`proq uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |